http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

“Мозги”, “Карьер siti”, “Все путем” jamoalari keyingi bosqichda

on .

“Metallurg” MSda “Olmaliq KMK” AJ KVN ochiq ligasida chorak final bahslarining 2-o’yini o’tkazildi.

Unda kombinat Ijro apparatining “Мозги”, Qalmoqqir kon boshqarmasining “Карьер siti”, Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasining “Все путем”, ATIB Ipoteka banki Olmaliq filialining “Bank ipoteka” hamda 15-umumta’lim maktabining “Бульдозер” jamoalari o’zaro bahs olib borishdi.

Har bir shartga o’tkir yumor bilan tezkorlikda javob bera olgan jamoa albatta, keyingi bosqich masalasini hal etadi. Ikkinchi o’yinda jamoalar “Havo” mavzusida bahs olib borishdi. Tanishtiruv, savol-javob, WN musiqiy miks shartlari bo’yicha bellashgan yoshlar o’z iqtidorlarini mohirona namoyish etishdi.

Qiziqarli kechgan ikkinchi o’yinning yakuniy natijalariga ko’ra, “Мозги”, “Карьер siti”, “Все путем”  jamoalari keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritishdi.

Eslatib o’tamiz, chorak finalning uchinchi o’yini 27 iyun kuni bo’lib o’tadi. Unda “Olov” mavzusida Mis eritish zavodi, Kovuldi koni, Avtomobil transporti boshqarmasi, MTTU MISiS Olmaliq filiali hamda 16-umumta’lim maktabi jamoalari o’zaro bellashishadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech