http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Mavsum boshlandi

on .

Mana yurtimizda yozning jazirama kunlari ham boshlanib, odatda bu kunlarda salqin, bahavo dam olish maskanlariga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, bolajonlarni yozgi dam olish oromgohlari o’z bag’riga chorlaydi.

O’tgan davr mobaynida “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasiga qarashli yozgi bolalar dam olish oromgohlari bu yilgi mavsumga munosib tadorik ko’rishdi. Jumladan, O’zbekiston Shveytsariyasi, deya nom olgan Bo’stonliq tumanidagi “Metallurg” va “Gulzor“, qo’shni Piskent tumanidagi “Tong”,  Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Istiqlol” bolalar dam olish oromgohlari mavsumga shay holatga keltirildi. Bu yil “Metallurg” 4 mavsumda 956 nafar, “Gulzor” 1600 nafar, “Tong” 1000 nafar, “Istiqlol” 800 nafar bolajonlarni o’z bag’riga oladi. E’tiborlisi, bu yildan boshlab har bir mavsum 16 kundan tashkil etilmoqda. O’ylaymizki, joriy mavsumda kombinat ishchi-xodimlarining rejalashtirilgan jadval bo’yicha 4400 nafar farzandlari barcha sharoitlarga ega dam olish oromgohlarida miriqib hordiq olishadi.

Bahodir Yusupov,

OKMK AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining

ijtimoiy himoya bo’yicha mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech