http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Asosiy murojaatlar oshxona yuzasidan

on .

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining 2019 yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga ko’ra, Kengash mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyatida joylashgan Sherobod sement zavodida o’rganish ishlari olib borildi.

Mutaxassislar o’rganishi davomida zavod ishchilariga xizmat ko’rsatuvchi ovqatlanish oshxonasi, ish taqsimlash xonasi va yuvinish xonalari ahvoli ko’zdan kechirildi. Korxonadagi 8-avtokorxona, Texnik nazorat xizmati, Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati xodimlari bilan ham ochiq muloqot tarzida suhbatlar o’tkazildi. Suhbatlarda ishchilar uchun mavjud bo’lgan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Ushbu masalalar bo’yicha ishchi-xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Shuningdek, joriy yilning yoz mavsumida mazkur zavod ishchilari tomonidan ularning farzandlarini Sherobod tumanidagi “Vandob” qishlog’i hududida joylashgan oromgohlarning birida dam oldirish yuzasidan bildirilgan taklif ham ko’rib chiqildi. Va “Vandob Oltin buloq” MCHJga qarashli bolalar oromgohida yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi.

Bundan tashqari, suhbat davomida ishchi-xodimlar tomonidan mehnatkashlarni maxsus kiyim-bosh va ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda o’ta zararli sharoitlarda ishlayotganlar uchun sut mahsulotlarini yetkazib berish bo’yicha murojaat va takliflar bildirildi. O’z o’rnida ishchilar oshxona faoliyatiga doir o’z e’tirozlarini ham aytib o’tishdi. Har bir murojaat va takliflar bo’yicha aniq tavsiya va ko’rsatmalar berilib, muammo va kamchiliklar rahbariyat e’tiboriga havola etlishi ma’lum qilindi.

Sherobod sement zavodi hududini aylanar ekanmiz, 4 korpusdan iborat 600 o’ringa mo’ljallangan ishchilar yotoqxonasi zamon talablariga javob bera olishi va barcha sharoitlar yaratilgani bilan bizni hayratda qoldirdi. Ayniqsa, kutubxona, ishchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun xizmat qilayotgan kino zal, sport maydonchalari, bastketbol, voleybol, futbol maydonlari, trenajyor zallari e’tirofga loyiq.

Bir so’z bilan aytganda, ushbu o’rganishni ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilish yo’lidagi amaliy harakat, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Umida DJALILOVA,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining

 tashkiliy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech