http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

“Mening qaynonam general”

on .

Oilalarda sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish, nikohning muqaddasligini yoshlar ongiga singdirish, oilaviy munosabatlarda adolat tamoyillari ustuvorligini ta’minlashda yoshi ulug’lar, ota-onalar, qaynona-qaynotalarning alohida o’rni bor.

Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasida ham oilalarda ichki oilaviy va shaxsiy munosabatlarni, xususan, ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, oilada mojaroli va og’ir turmush sharoitini amaliy hal qilish mexanizmlarini joriy etish xususida alohida so’z yuritilgan. Bu bejiz emas, albatta. Qay bir xonadonda totuvlik, ahillikka darz yetsa, bundan oilaning har bir a’zosi, avvalo, farzandlar aziyat chekadi. Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanini nazarda tutsak, bu holatda muammoning ijtimoiy ahamiyatini yaqqol anglaymiz.

So’nggi vaqtlarda “Olmaliq KMK” AJ tomonidan oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, ajralishlarning oldini olish, farzandlar, nabiralar tarbiyasi, qaynona-kyelin munosabatlarini mustahkamlash, eng yaxshi qaynona va kelinlarni rag’batlantirish, kelinlarga adolatli munosabatda bo’lish borasida ibrat ko’rsatayotgan qaynonalarning hayot tajribasini keng targ’ib etish maqsadida turli ko’rik-tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda. “Mening qaynonam general” ko’rik-tanlovi ham shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tashkilotchiligi ostida ilk bor 28 iyun kuni “Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilgan ushbu tanlov ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otdi. “Olmaliq KMK” AJ sex va bo’limlarida faoliyat yuritayotgan ishchi xotin-qizlar o’rtasida o’tkazilgan tanlovda 4 nafar qaynona o’z kelinlari bilan ishtirok etishib, ko’rik-tanlov jarayonlarida ularning tashabbuskorlik, oila, mahalla va jamiyat bilan bog’liq boy milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi bilishi va oilaviy tarbiyaga singdira olishi, chaqqonlik, pazandalik, zukkolik kabi jihatlariga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ishtirokchi ayollarning farzandlarni ma’naviyatli, ma’rifatli qilib tarbiyalash orqali oilada barkamol avlodni shakllantirish, qaynonalarning kelinlarga adolatli munosabatda bo’lish orqali xonadonlarda qaynona-kelin o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi roliga alohida urg’u berildi. Qaynona-kelinlar ushbu jihatlarni savol-javob, sahna ko’rinishlari, turli xil salatlar tayyorlash orqali namoyon etishdi.

Tanlovning barcha shartlarini o’z qaynona-kelinlik fazilatlari bilan qoyilmaqom tarzda uddalay olgan Markaziy analitik laboratoriyasi xodimasi Muhabbat Sartibayeva va kelini Dildora Sartibayevalar 1-o’ringa munosib topildi. Mis eritish zavodi ishchisi Karima Boymirzaeva kelinlari Dilfuza Boymirzayevalar 2-o’rin g’olibligini qo’lga kiritishdi. 3-o’rin g’olibligiga esa Angren kon boshqarmasi noziri Inobat Xo’jaboyeva va kelini Navbahor Xo’jaboyevalar sazovor bo’lishdi. Avtomobil transporti boshqarmasi 3-avtokorxonasining ko’prikli kran mashinisti Nazira O’rmonova ham kelinlari Feruza O’rmonova bilan tanlovda faol ishtirok etishdi.

Ko’rik-tanlov g’oliblari OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Ra’no XOLXO’JAYEVA,

OKMK Kasaba uyushmasi Kengashi

ma’naviy-ma’rifiy ishlar komissiya raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech