http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Galdagi vazifalar belgilab olindi

on .

29 iyun kuni “Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining navbatdagi Rayosat yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish kun tartibiga ko’ra, Kengash mutaxassislari tomonidan o’tgan davr mobaynida kombinatning sex va bo’linmalarida faoliyat ko’rsatayotgan hamda ishchilar uchun xizmat qilayotgan oshxonalar, ish taqsimlash xonalari, yuvinish xonalarining ahvoli, ishchilar uchun yaratilgan mehnat va maishiy shart-sharoitlar o’rganilgani va uning natijalari muhokama qilindi.

Kengash raisi Abdurashid Haydarov olib borgan yig’ilishda yuqoridagi masalalar bo’yicha kasaba uyushmasi qo’mitalari raislariga korxonalar ma’muriyatlari bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar berildi. Shu bilan birga, yig’ilishda “Xonjiza” kon boshqarmasi va Sherobod sement zavodlarida mehnatkashlarning huquqiy va mehnat manfaatlari qay darajada himoya etilgani borasidagi masala ham ko’rib chiqildi.

Shuningdek, Angren kon boshqarmasi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Texnik nazorat xizmati, Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmalarida xotin-qizlar komissiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yig’ilishda ko’rib chiqilgan har bir masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, chora-tadbirlar belgilandi. Rayosat yig’ilishi yakunida kasaba uyushmasi qo’mitalari o’rtasida bo’lib o’tgan “Eng namunali boshlang’ich tashkiloti” ko’rik - tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Mazkur tanlovda har bir korxonada jamoa shartnomasining tuzilish va bajarilishi, mehnat nizolari bo’yicha komissiya tashkil etilganligi, madaniy-ma’rifiy, sport-sog’lomlashtirish sohalarida mablag’ ajratilishi, yil dasturlari asosida boshlang’ich tashkilot tomonidan qabul qilingan dasturlarning bajarilishi tashkilotdagi mavjud ishlovchilar soniga nisbatan kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zoligiga jalb qilinganlar soni va boshqa mezonlar bo’yicha baholandi. Tanlov natijalariga ko’ra, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi kasaba uyushmasi qo’mitasi “Eng namunali boshlang’ich tashkiloti”, deya e’tirof etildi.

Umida DJALILOVA,

OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining

tashkiliy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech