http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

"Bolalarga quvonch ulashaylik"

on .

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi rayosatining qarori asosida kombinat tasarrufidagi bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida “Bolalarga quvonch ulashaylik” aksiyasi o’tkazilmoqda.

Jumladan, dastlabki aksiya Bo’stonliq tumanida joylashgan “Gulzor” hamda “Metallurg” bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida “Yosh kitobxon”, “Yosh rassom”, “Yosh o’lkashunos”, “Yosh sportchi”, “Orasta qizlar”, “Kombinat ishlab chiqarishiga sayyohat” kabi yo’nalishlarda bo’lib o’tdi.

“Yosh kitobxon” aksiyasida bolajonlar badiiy adabiyotga qanchalik oshno ekanliklarini amalda isbotlab bergan bo’lishsa, “Yosh o’lkashunos” yo’nalishida yurtimiz haqida bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. “Yosh sportchi” yo’nalishida dam oluvchi o’g’il-qizlar sportdagi mahoratlarini namoyon etishdi. “Orasta qizlar” yo’nalishida esa bo’lajak uy bekalari bo’lgan qizlar orastalik bobida o’zaro bellashdilar. Bolajonlarning kombinat haqida qay darajada tasavvurga ega ekanliklarini oromgohlarga tashrif buyurgan O’zbekiston qahramoni, mehnat faxriysi Saydali Rahmonov ular bilan o’zaro suhbatda aniqlab berdi.

Aksiya doirasidagi har bir yo’nalish bo’yicha o’tkazilgan tanlovda g’oliblar “Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan eng sara badiiy adabiyotlar hamda diplom, Faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Tadbir yakunida “Metallurg” MS badiiy jamoalarining konsert dasturi namoyish etildi.

Eslatib o’tamiz, mazkur aksiya kombinat tasarrufidagi har bir bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida o’tkaziladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech