http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Ishchilar manfaati yo’lida

on .

Sir emas, «Olmaliq KMK» AJda mehnat qilayotgan ishchilar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan. Jumladan, kombinat rahbariyati hamda kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida yurtimizdagi muqaddas qadamjolarga, tarixiy obidalarga muntazam ravishda imtiyozli narxlarda sayohatlar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday sayohatlardan biri 20-21 iyul kunlari poytaxtimiz azim Toshkent shahriga uyushtirildi. Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi, Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi ishchilaridan iborat 200 kishilik guruh poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishib, Xasti Imom majmuasi va Minor masjidlarini ziyorat qilishdi. Sayohat davomida ishchilar mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuasiga ham tashrif buyurishdi. Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida sayyohlar viloyatimizdagi Zangiota ziyoratgohiga ham borishdi.

Ayniqsa, ishchilarga «Ashxobod» sayilgohidagi attraksionlar, «Delfin shou»si manzur bo’ldi. Ishchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda yurtimizda ichki turizm rivojiga hissa qo’shish maqsadida tashkil etilayotgan sayohatlardan ishchilar mamnun. Sayohatdan mamnun bo’lgan holda ishchilar sayohat tashkilotchilari - kombinat rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi Kengashiga minnatdorchilik bildirishdi.

Abduvohid SHODIYEV,

Kombinat xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi

ma’naviy- ma’rifiy va sport masalalari bo’yicha

yetakchi mutaxassisi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech