http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Eng mahoratli ish taqsimlovchi

on .

25 iyul kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida korxonada mehnat qilayotgan qizlar o’rtasida “Eng mahoratli ish taqsimlovchi” kasb mahorat ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Ushbu ko’rik-tanlov shartlariga ko’ra, ishtirokchilar o’z ish faoliyatini va kasbini ta’riflashlari, ish taqsimlash yo’riqnomasisida xavfsizlik texnikasi bo’yicha savollarga va qiziqarli topishmoqlarga javob berishi, xobbisidan kelib chiqqan holda biron nima tayyorlab berishi va uni ta’riflashlari kerak bo’ldi. Barcha shartlarni a’lo darajada bajarib, hakamlar hay‘at i e’tirofiga sazovor bo’lgan Mexanik yig’uv sexi ish taqsimlovchisi Muxlisa Yusufjonova “Eng mahoratli taqsimlovchi” nomiga loyiq ko’rildi.

MTMZ kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda ayollar bilan ishlash komissiyasi hamkorligida o’tkazilgan ko’rik-tanlovda Avtomobil va maxsus texnikalarni ta’mirlash sexi ish taqsimlovchisi Ozoda Ismoilova hamda Temirchilik payvandlash sexi ish taqsimlovchisi Durdona Berdiyevalar ikkinchi va uchinchi o’rinni egallashdi.

Tanlov g’oliblari pul mukofotlari bilan rag’batlantirilib, kasb toifalari oshirildi.

Odilbek PIRMATOV,

MTMZ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech