http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Takliflar keng muhokama qilindi

on .

Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasining “Temiryo’lchi” madaniyat uyida “Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining 2019 yil birinchi yarim yilligi faoliyati yakunlari yuzasidan yig’ilish hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida ijtimoiy himoya masalalarini rivojlantirish mavzusiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Respublika kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari kombinat korxonalari kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari, tashkilotlar komissiyalari raislari va kasaba uyushmasi faollari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishni OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi raisi Abdurashid Haydarov kirish so’zi bilan ochib berdi. Yig’ilishda Kengash mehnat muhofazasi komissiyasi raisi Sherali Kucharov ma’ruza qilar ekan, Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag’ishlab “Xavfsiz va sog’lom mehnat soha kelajagi” mavzuida tashkillashtirilgan respublika seminari mazkur yo’nalishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o’tdi.

Mehnat muhofazasi bo’yicha katta jamoatchilik vakillari va mehnat muhofazasi komissiyalari raislarini o’qitish amalga oshirilgani, mehnat sharoitlarini baholash bo’yicha 20dan ziyod tekshiruvlar o’tkazilgani hamda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan uch pog’onali nazorat tekshiruvlari yaxshi natijalar berganiga alohida to’xtaldi. 

Ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha komissiya tomonidan jamoa shartnomasi talablaridan kelib chiqqan holda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” dasturiga kiritilgan tadbirlarning bajarilishi bo’yicha masalalarga o’z ma’ruzasida batafsil to’xtalib, pensiya yoshidagi shaxslar, ishlamaydigan pensionerlar, nogironligi bo’lganlar, parvarishga muhtoj insonlar, yoshlar, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga amaliy, moddiy, ijtimoiy ko’mak ko’rsatish borasida amalga oshirilgan manzilli tadbirlar misollar bilan gapirib o’tildi. SHundan so’ng so’zga chiqqan “Olmaliq KMK” AJ Tibbiy sanitar qism boshlig’i Abdujabbor To’xtaboyev, kombinat mehnatkashlariga hisobot oylari davrida ko’rsatilgan tibbiy xizmatlarni aniq raqamlar bilan sharhlab berdi. Kasbiy kasalliklar o’sishi kuzatilgan korxonalar va olib borilgan profilaktik tadbirlar, kutilayotgan natijalar ham ma’ruzachi nutqida ko’rsatib o’tildi. Yig’ilish davomida madaniyat va sport ishlari, xotin-qizlar bilash ishlash komissiyalarining hisobotlari bilan bir qatorda yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojatlar bilan ishlash masalasi ham keng muhokama qilindi. Shuningdek, bir qator mutaxassislar va mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Seminar yakunida oldinda turgan vazifalar ijrosini ta’minlash yo’lida taklif va mulohazalar ham keng muhokama qilinib, zarur vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech