http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Muhim mavzu muhokamasi

on .

7 avgust kuni Rux zavodi ma’muriyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda korxona Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasining tashabbusi bilan xotin-qizlarning huquqiy, ijtimoiy muhofazasi masalalariga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirni ochar ekan zavod kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Dilshod Yunusov, oilalarda e’tiqod va sadoqat, ma’rifat ustuvorligini ta’minlash, har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda ayollarning roli alohida ekanligini ta’kidlab o’tdi. Olmaliq shahar FHDYo bo’limi mudirasi S.Mirzairova shahrimizda yangi oilalarning bunyod bo’lishi, tug’ilish va o’lim holatlariga doir ma’lumotlarni keltirib o’tgan holda xotin-qizlar huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida to’xtaldi.

Olmaliq shahar IIB xotin-qizlar bo’yicha inspektori, mayor G.Sabriyeva xotin-qizlar o’rtasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi va shahrimiz hududida yilning 7 oyi davomida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo’yicha misollar keltirib, xotin-qizlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi. Olmaliq shahar Maishiy-ijtimoiy jabrlanuvchi markazi rahbari M.Yuldoshxo’jayeva o’z ma’ruzasida Olmaliq shahrida yangi tashkil etilgan ushbu markazning vazifasi jabrlangan ayollar bilan ishlash, oilada, jamiyatimizda o’z o’rnini topa olmagan ayollarga huquqshunos va psixologlarni jalb etgan holda amaliy yordam berish, shahar mahalla faollari bilan ish olib borish va zarur maslahatlar berib borilishidan iboratligini bildirdi. Davra suhbati davomida soha mutaxassislari tadbir qatnashchilaridan kelib tushgan savollarga batafsil javob berishdi. Mehmonlar tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy yo’naltirilgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq holda korxonada ham samarali chora-tadbirlar va mukammal ish rejasi asosida ishlar olib borilayotgani  yuqori baholandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech