http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Kasaba uyushmasi -  bolalarga

on .

21 avgust kuni “Metallurg” MS katta zalida Kasaba uyushmasi -bolalarga deb nomlangan aksiya bo’lib o’tdi.

“Olmaliq KMK” AJ hamda kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida o’tkazilgan Aksiya doirasida 180 nafar ko’p bolali ishchi xodimlar, nogiron farzandi bor xodimlar hamda boquvchisini yo’qotgan ishchi xodimlarga farzandlari uchun  o’quv qurollari xaridiga 150 000  so’m miqdorida moddiy yordam ko’rsatildi.

Shuningdek, shu kuni bolajonlar uchun konsert dasturi, interfaol o’yinlar tashkil etildi. Va muzqaymoqlar tarqatildi.

Ayniqsa, jajji o’g’il-qizlar xizmatida bo’lgan “Bolajon” parkidagi attraksionlarni alohida ta’kidlash joiz.

Feruza Bazarova,

kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi

Ijtimoiy himoya bo’yicha mutaxassis.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech