http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Botir - tanlov g’olibi bo’ldi

on .

26 avgust kuni Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining Iste’mol mollari ishlab chiqarish va suv quyish sexida “Eng mohir alyumin va plastik eshik-deraza rom yig’uvchi” kasb mahorati tanlovi o’tkazildi.

Boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasinining 2019 yil ish rejasiga ko’ra hamda mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi va kombinat tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tanlovda ishtirokchilar ma’lum bir vaqt mobaynida eshik-rom yasashlari talab etildi. Shuningdek, tanlov qatnashchilari xavfsizlik texnikasi bo’yicha ham shartlarni bajarishdi.

Tanlov shartlarini a’lo darajada bajargan plastik rom payvandlovchisi Botir Baxtiyorov tanlov g’olibi, deb topildi. Plastik rom qirquvchilari - Sherzod Gazibekov va Muhammad Usmonovlar ham sovrindor bo’lishdi.

G’oliblarga boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Zarifa BAYMATOVA,

IMICHB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech