http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

“Oila muqaddas”

on .

Joriy yilning 26 avgust kuni Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasining “Temiryo’lchilar” madaniyat klubida “O’zbekiston davlat mustaqilligining 28 yilligi” hamda “Oila muqaddas” mavzularida ishchi-xodimlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida mustaqil O’zbekiston davlati asoschisi Islom Karimovning mamlakat rahbari sifatida qay darajada qiyinchiliklar va to’siqlarga duch kelgani, shu bilan birga 28 yil davomida yosh davlat sifatida ko’pgina islohotlarni amalga oshirgani, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatorida o’z mahsulotlari bilan dunyo bozorlarini zabt etayotgani to’g’risida ma’ruza va fikrlar tinglandi.

Shuningdek, “Oila muqaddas” mavzusiga alohida to’xtalib o’tildi. Unda bugungi kunda mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan yoshlarimizga barcha imtiyoz va imkoniyatlar yaratilayotgan bir davrda turli xil sabablarga ko’ra yosh oilalarimiz orasida ajrim holatlari kuzatilayotgani, bu holatlar o’rganilganda to’qlikka sho’xlik, noshukrlik, dabdaba kabi salbiy omillar yuz ko’rsatayotgani afsus bilan bildirildi.

Davra suhbatida so’zga chiqqan boshqarma Yoshlar ittifoqi raisi, STTB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi Z.Isliddinov yoshlarga oila muqaddasligi, yosh ota yoki onalar oilaning mustahkamligi uchun birdek mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o’tishdi.

Davra suhbati yakunida boshqarma sex va uchastkalarida o’tkazib kelingan turli tanlovlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallagan yosh temiryo’lchilarga OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

Doniyor KARIMOV,

STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech