http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Konchilar ayyomni xushkayfiyatda nishonlashdi

on .

Angren kon boshqarmasi ishchi-xodimlari mustaqilligimizning 28 yilligi ayyomini o’ziga xos tayyorgarliklar bilan kutib olishdi.

Boshqarma hamda shaxtalar hovlilarida bezatilgan bayram dasturxoni atrofiga jamul-jam bo’lgan ishchi-konchilar ko’tarinki ruhda obod va ozod yurtda tinch- totuv umrguzaronlik qilayotgani va mana shunday faraxbash kunlarga yetkazganiga Yaratganga shukronalar keltirishdi. Bayram tadbirlarini ochar ekan boshqarma direktori Irina Mayazitova, jamoa mehnatkashlarini qutlug’ sana bilan muborakbod etib, mustaqillik ayyomi - xalqimiz hayotida ro’y berayotgan beqiyos o’zgarishlar, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan har birimiz uchun qadrli, eng aziz va eng ulug’ kun ekanligini ta’kidlab o’tdi. Ayniqsa, so’nggi ikki-uch yil ichida erishilgan yutuqlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy muammolarni hal etish borasidagi Prezidentimiz tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan tashabbuslar xalqimiz turmushini tubdan o’zgartirib yuborayotganini, buni boshqarma hayotida ham yaqqol ko’rish mumkinligini, kombinatda olib borilayotgan keng qamrovli modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish ishlari, shahrimizda qurilayotgan yangi- yangi imoratlar, kun sayin obod bo’lib borayotgan ko’cha va mahallalar buning yaqqol isboti ekanligini mamnuniyat bilan gapirdi. Shuningdek, kombinat rivoji va jamoa yutuqlariga o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotgan, istiqlol shodiyonasi arafasida III darajali “Konchilik sharafi” ko’krak nishoni bilan mukofotlangan Oltin saralash fabrikasi gazelektrpayvandlovchisi Anvar Eshqo’ziyevni unvon bilan qutlab, samimiy tilkalarini bildirdi.

Boshqarma xodimi qo’li gul oshpaz Shavkat Qayumov tomonidan tayorlangan palov dasturxonga tortilib, bayram ishtirokchilari ayyomni ko’tarinki- likda nishonlashdi

Sherzod GANIYEV,

AKB Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech