http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

An’analariga sodiq qolib

on .

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, mehnatkashlar va ular oila a’zolariga g’amxo’rlik, jamiyatda o’zaro hamjihatlik, bag’rikenglik, mehr-oqibat va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida Mis eritish zavodi rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan yo’lga qo’yilgan tizimli ishlar doimo namuna sifatida ko’rsatib kelinadi.

Kombinat metallurglari va Bo’ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi o’rtasidagi ana shunday jihatlarga asoslangan amallar yaxshi an’ana kasb etgan. Mamlakatimizda nishonlanadigan har bir bayramda mazkur muassasa tarbiyalanuvchilari MEZ ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi faollarini intiqlik bilan kutishadi. Mehribonlik uyidagi mustaqilligimizning 28 yilligi tantanasi bu gal Ichki ishlar vazirligi, Qurolli kuchlar hamda Toshkent viloyati prokuraturasi bilan hamkorlikda o’tkazildi. Mazkur tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan bayram xayriya tadbirlari doirasida madaniy-ma’rifiy ko’rgazmalar, turli tanlovlar bo’lib o’tdi. Xayr-saxovat an’anasiga uyg’un holda yozilgan bayram dasturxoni atrofida bolajonlarga sermazmun kontsert dasturi taqdim etildi. Bunga javoban mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yangi o’quv yilida namunali xulqlari, a’lo baho va o’zlashtirishlari bilan barchaning ishonchini oqlashni ta’kidlab o’tishdi. Shuningdek, muassasa rahbariyati tashkilotchilarga, xususan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Mis eritish zavodi ma’muriyatiga ko’rsatilayotgan moddiy va ma’naviy yordamlar uchun o’z tashakkurlarini bildirishdi. Ushbu taassurotlarga boy o’tgan bayram shodiyonasi bolajonlar qalbida uzoq vaqt muhrlanib qolishi shubhasiz.

Sanobar NORINBOYEVA,

MEZ kasaba uyushmasi

qo’mitasi raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech