http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Kombinat – Eng g’amxo’r xomiy

on .

Joriy yilning 13 sentyabr kuni Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan Nurafshon shahridagi “Nuroniy va Mahalla” markazida 2019 yilgi yoz mavsumi yakuni bo’yicha bolalarni dam oldirish va sog’lomlashtirish tashkilotchilarining an’anaviy Anjumani bo’lib o’tdi.

E’tiborlisi, ushbu anjumanda kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi ham bir qator yo’nalishlar bo’yicha e’tirof etildi. Jumladan, “Eng yaxshi sport murabbiyi” yo’nalishida “Metallurg” bolalar sog’lomlashtirish oromgohi suzish bo’yicha yo’riqchisi Aleksandr Soy, “Eng mohir to’garak rahbari” yo’nalishida – “Gulzor” BSO mohir qo’llar to’garagi rahbari Ro’zigul Tursunova, “Eng faol yetakchi” yo’nalishida -  “Tong” BSO yetakchisi Firdavs Mutalovlarning taqdirlanishganini alohida ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ “Eng g’amxo’r xomiy” yo’nalishi bo’yicha taqdirlandi. Barcha yo’nalishlar bo’yicha g’oliblarga Diplom hamda esdalik sovg’alari tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech