http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

San’atkor nuroniylar

on .

Kombinat 70 yilligiga bag’ishlanib, Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi tomonidan “San’atkor nuroniylar” musiqiy ko’rik-tanlov tashkil etildi.

Tanlovda nuroniylar san’at sohasida o’z mahoratlarini namoyon etishdi. Ko’rik-tanlov yakuniga ko’ra, “Sudarushka” ansambli “Eng faol” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi. “Eng jozibali” nominanti sifatida Mis eritish zavodi mehnat faxriysi, “Navbahor” ansambli a’zosi Karima Boymirzayeva e’tirof etildi. “Ijodkor” nominatsiyasi g’oliblari esa Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati mehnat faxriylari Vera Yerastova hamda Zulfinisa Anarboyevalar bo’ldi. Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi mehnat faxriylari Shahodat Isroilova va  Lidiya Leontevalar esa “Eng iste’dodli” nominatsiyasi g’olibligiga munosib ko’rildi.

Tanlov g’oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmalari Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari tuhfa etildi.

Farog'at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech