http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Konchilar maktab-internatda

on .

Xalqimizga xos xislatlar haqida so’z ketganda muruvvat va mehr-oqibat, saxovatpeshalik doimo birinchi navbatda e’tirof etiladi. Haqiqatdan ham, bu kabi insoniy fazilatlar yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari, sa’y-harakatlari bilan uyg’unlashib ketgan.

Ayniqsa, “Olmaliq KMK” AJning eng muhim  korxonalaridan biri bo’lgan Angren kon boshqarmasi rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi mazkur yo’nalishdagi tashabbuslarni nafaqat qo’llab-quvvatlaydi, balki unga yangi mazmun kiritishga intilib keladi. Yangi o’quv yilining birinchi xaftasidanoq otaliq tashkilotlarning daldasi va ko’magini his qilish qo’shimcha kuch va quvvat baxsh etadi. Angren shahridagi 34-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internati pedagoglar jamoasi va uning tarbiyalanuvchilari Angren konchilari tomonidan tashkillashtirilgan  bayram dasturxoni mehmoni bo’lgan holda bu tuyg’ularni yana bir bor his qilishdi. Shahardagi eng muhtasham “Nur” to’yxonasida yozilgan bayram dasturxoni serquyosh o’lkamiz ne’matlari bilan to’ldi. Har qanday shodiyona bosh taomi bo’lgan mazali palov barchaga manzur bo’ldi. Angren kon boshqarmasi boshlig’i Irina Boyazitova maktab pedagoglari va tarbiyalanuvchilarini yangi o’quv yili hamda mustaqillik ayyomi bilan  muborakbod etib, konchilarning sovg’alarini topshirdi

Ko’rsatilgan bunday muruvvatdan ko’ngillari quvonchga to’lgan bolajonlar, ularning ota-onalari yurtimizning obodligi va tinchligi uchun shukronalar aytishib, mazkur tadbirni tashkil qilgan insonlar haqlariga duolar qilib, o’z minnatdorchiligini bildirishdi.

Sherzod GANIYEV

AKB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech