http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Kim damlagan osh mazali?

on .

Xabaringiz bor, kombinatimizning 70 yilligiga bag’ishlanib, turli tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Jizzax sement zavodida ham ushbu qutlug’ sana oldida bir qator tadbirlar, tanlovlar tashkil etilmoqda.

20 sentyabr kuni zavod sexlari o’rtasida “Oshpazlar tanlovi” tashkillashtirildi. Tanlov shartlariga ko’ra, har bir sexdan tanlovda ishtirok etgan oshpazlar ma’lum belgilangan vaqt ichida, gigiyena qoidalariga amal qilgan holda milliy taomimiz bo’lgan oshni tayyorlab berishi kerak bo’ldi. Shuningdek, har oshpazning oshni tayyorlash uslubi, uning mazasi ham hakamlar e’tiboridan chetda qolmadi.

Kuydirish sexining aylanma pech mashinisti Halim Jo’rayev tomonidan damlangan osh hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo’lib, tanlov g’olibligiga loyiq ko’rildi.

Tanlovning ikkinchi o’rini esa zavod rahbariyati jamoasi vakili, zavod bosh texnologi Ulug’bek Bo’taboyevga nasib etdi. Uchinchi o’rinni esa Mexanik qurilmalarni ta’mirlash tsexi elektrgazpayvandchisi Hamid Turmatov egalladi.

O’ziga xos gastronomik tanlov g’oliblariga kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan sovg’alar taqdim etildi.

Bekzod Qambarov,

Jizzax SZ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech