http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Avtomobil transporti boshqarmasidan 100ta kitob

on .

Bugun “Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasi rahbariyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida 1 oktyabr – “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Rahbardan 10ta kitob” aksiyasi doirasida 5-umumta’lim maktabiga 100dan ortiq turfa xil adabiyotlar hadya etildi.

ATB boshlig’i Sobir Alimov tuhfa etilgan badiiy adabiyotlar o’quvchilar uchun ajoyib sovg’a bo’lishini ta’kidladi. Shu kuni maktab o’quvchilari o’zlari tayyorlagan konsert dasturini ham namoyish etishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech