http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Kasaba uyushmasi ayollarga

on .

Xuddi shu mavzuda kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi qoshidagi ayollar masalalari komissiyasi tomonidan aksiya o’tkazildi.

Aksiya doirasida sport musobaqasi tashkil etilib, unda ikki  -  kombinat korxonalari ishchilaridan iborat OKMK jamoasi hamda ayollar masalalari bo’yicha komissiya a’zolaridan iborat jamoalar bahs olib borishdi.

Sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan ayollarning jismoniy imkoniyatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 30 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan ayollar joyida turib sakrash, arg’amchida sakrash, stol tennisi raketkasi va to’p bilan yugurish, doiraga to’p tashlash, darvozaga to’p kiritish kabi shartlar bo’yicha bellashdilar.

Har ikki jamoadan yaxshi ko’rsatkichlar qayd etgan har bir yosh toifasidagi ishtirokchilar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Sanobar Norinboyeva

Mis eritish zavodi kasaba uyushmasi qo’mitasi

 raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech