http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Zavod yoshlari “Bilimdonlar maydoni”da

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yilligi munosabati bilan Angren quvur zavodi unitar korxonasi rahbariyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Bilimdonlar maydoni” intellektual o’yini o’tkazildi.

Yoshlarni intellektual bilimlarini boyitish va korxonada bilimga chanqoq yoshlarni aniqlash maqsadida o’tkazilgan bellashuv qizg’in savol-javoblarga boy bo’lib, barcha jamoa yoshlari faol ishtirok etishdi. “Bilimdonlar maydoni”ning natijalariga ko’ra, zavodning Texnologik tizimlar jarayonlarini avtomatlashtirish boshqarmasi hamda Texnik nazorat xizmati yosh ishchi-xodimlaridan tashkil topgan jamoa faxrli 1-o’rinni egalladi. 2-o’ringa B smenasi va 3-o’ringa energetiklar sazovor bo’lishdi. Tadbirda so’z olganlar barchani kombinatning 70 yillik yubiley to’yi bilan tabriklashib, korxona yoshlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Maqsud TOJIBOYEV,

Angren quvur zavodi

 kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech