http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Oila muqaddas dargoh

on .

Kuni kecha Iste'mol mollarini ishlab chiqarish boshqarmasining tikuv sexida kombinat Kasaba uyushmasining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi ish rejasiga binoan ''Oila - muqaddas dargoh'' mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirga O‘zbekiston psixologlar asossiatsiyasi a'zosi, kombinat psixologi Viloyat Davletova hamda kombinat tarkibiy bo‘linmalarining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raislari tashrif buyurdilar. Tadbirni psixolog Viloyat Sobitovna olib borib, bugungi kunda oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan omillar, farzandini uylash yoki uzatish arafasida turgan onaxonlarga qaynona-kelin munosabatlarda, yosh kelinchaklarimizning esa turmush o‘rtoqlari va ularning oila a'zolari bilan bo‘ladigan munosabatlarda, ayniqsa, onalarning qiz farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yayotgan xato kamchiliklari to‘g‘risida to‘xtalib, hayotiy psixologik maslahatlar berdilar. Bizga bu haqda IMICHB Yoshlar ittifoqi raisi Abror Komilov xabar qilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech