http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!

on .

Ushbu bayramona shior ostida kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi mehnat jamoasi “Olmaliq KMK” AJning 70 yilligini ko’tarinki ruhda nishonladi.

Shahrimizdagi “Jasmin” tantanalar saroyida o’tkazilgan bayram tadbiriga O’zbekiston qahramonlari, oliy majlis senatori, davlat mukofoti egalari, kombinat mehnat faxriylari, ishlab chiqarishdagi ilg’or mehnatkashlar, yosh mutaxassislar, ustozlar, sport ustalari, madaniyat xodimlari, bolalar sog’lomlashtirish mavsumi tashkilotchilari, yosh ratsionalizatorlar, 70 yoshni qarshi olgan kombinat fahriylari va boshqa kasaba uyushmasi faollari ishtirok etishdi.

Bayram dasturi kasaba uyushmasi kengashi faoliyatidan kelib chiqqan holda “murabbiylar va faxriylar”, “o’z kasbining ustalari”, “sport”, “madaniyat va turizm”, “innovatsiyalar”, “ijtimoiy himoya” yo’nalishlariga oid sektorlar bo’yicha tashkil etildi. Va ushbu yo’nalishlarda kasaba uyushmasi tomonidan olib borilgan ezgu ishlar hamda erishilgan yutuqlar bo’yicha ma’lumotlar berildi. Tadbir mehmonlari kombinat mehnat ahlini qutlug’ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etishdi. “Metallurg” madaniyat saroyi badiiy jamoalarining jozibali raqslari barchaga manzur bo’ldi. Madaniyat saroyining havaskor xonandalari ijrosidagi dilrabo taronalar esa tadbir mehmonlarini raqsga chorladi.

Bevosita kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi faoliyatiga nazar tashlasak, ishchilar manfaatini himoya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo’lamiz. Jumladan, o’tgan 9 oy davomida 2840 nafar ishchi-xodimga moddiy yordam ko’rsatilgan. 5 ta bolalar dam olish oromgohida kombinat ishchi-xodimlarining 4483 nafar farzandlari sog’lomlashtirildi. Shundan 422 nafar bolaga bepul yo’llanma ajratilgan. 4032 nafar kombinat ishchi-xodimlariga sanatoriy va profilaktoriyga yo’llanmalar taqdim etilgan. 474 nafar ishchiga esa imtiyozli ravishda bepul yo’llanmalar berilgani diqqatga molikdir. 2018 yilda kombinat xodimlarining jamoa shartnomasi bajarilishi bo’yicha har bir kombinat ishchisiga yo’naltirilgan ijtimoiy paket 11 mln. so’mni tashkil etgan. 44 ming nafarga yaqin a’zoni o’zida birlashtirgan kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi bundan keyin ham ishchilar manfaatini himoya qilib boraveradi.

A.Haydarov,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi xodimlari

Kengashi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech