http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Nafs qurboniga aylanmang

on .

Bugun «Olmaliq KMK» AJ Portlovchi materiallar zavodi ishchi-xodimlari uchun jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi psixologi Viloyat Davletova ishtirok etdi.

- Bugun sizu biz mehnat qilayotgan kombinatda barcha sharoitlar muhayyo etilgan,- deydi V.Davletova. – Mehnatga yarasha munosib ish haqi, imtiyozlar barchasi siz uchun. Ana shunday sharoitda ham o’z ish joyiga va hamkasblariga xiyonat qilgan odamni kechirish qiyin. Sizning birgina nojo’ya xatti-harakatingiz noxush oqibatlarga olib kelishi tayin. Sodir etilgan qilmish jazosiz qolmaydi. Ammo oqibatda ko’plab insonlar jabr chekadi. Birinchi galda sizning oila a’zolaringizga qiyin bo’ladi. Ularning rizqini ham qirqib qo’yganingizni bilmay qolasiz.  Farzandlarni halol luqma bilan o’stirish lozim. Nafs qurboniga aylanmang.

Tadbirda jinoyatchilikning omillari, oqibatlari haqida slaydlar ham namoyish etildi. Ishchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olishdi.

Buxojar Rahimova,

PMZ kasaba uyushma qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech