http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik!

on .

Joriy yilning 25 dekabr kuni poytaxtdagi Alisher Navoiy nomli opera va  balet teatrida O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik!” shiori ostida bir qator nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Xususan, har ikki yilda o’tkaziladigan Federatsiya tizimidagi “Eng namunali boshlang’ich tashkilot” ko’rik-tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritgan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi kasaba uyushmasi qo’mitasi va uning raisi Odilbek Pirmatov Eng namunali boshlang’ich tashkilot statuetkasi va qimmatabaho sovg’a noutbuk bilan taqdirlandi.

Markaziy ta’mirlash mexankia zavodi kasaba uyushmasi qo’mitasi Eng namunali  boshlangich tashkilot kombinat ko’rik tanlovida g’olib bo’lgan edi. Bunda Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi qo’mitasining hamkorlikda mehnatkashlarning ish va ijtimoiy sharoitlarini yanada yaxshilash yo’lida olib borgan faoliyatlari alohida e’tiborga olingan. 

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o’tkazilgan marosimda davlat mukofotiga tenglashtirilgan “Ehtirom” nishoni ham mamlakatimizdagi eng munosib kasaba uyushmasi qo’mitasi raislariga topshirildi. Quvonarlisi, ular safida Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Zarifa Boymatova ham bor. Bu yuksak nishon Zarifa Boymatovaga uzoq yillik fidoiy mehnat faoliyati, muntazam o’z ustida ishlashi, mehnatkashalr haq-huquqlarini doimiy himoyalashi, yoshlarni kasaba uyushmasiga jalb qilishi kabi faoliyatlari uchun berildi.

O’zbekision Respublikasi Kasaba uyushmasi Federatsiyasi tomonidan tantanali ravishda o’tkazilgan taqdirlash marosimidan so’ng O’zbekiston va Tojikiston Respublikalarida xizmat ko’rsatgan va el sevgan san’atkorlarning beatakror kuy-qo’shiqlari, dilbar raqslari marosimga yanada fayz baxsh etdi.

Umida Djalilova,

Kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashkiliy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech