http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Kombinatning saxovati

on .

O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati nomiga 1-sonli Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari uchun Yangi yil bayramiga sovg’alar hamda har oyda xo’jalik mollari va gigiyena vositalari xaridi uchun  beg’araz yordam ko’rsatishni so’rab, murojaat qilingan.

Har doim inson manfaatlarini ulug’lab kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan ushbu murojaat ham e’tibordan chetda qolmadi. Kombinat rahbariyati topshirig’iga ko’ra, ushbu mehribonlik uyiga Yangi yil bayrami munosabati bilan 320ta bayram sovg’alari ajratildi. Shuningdek, 2020 yilning oxiriga qadar mehibonlik uyining hisob raqamiga xo’jalik mollari va gigiyena vositalari xaridi uchun har oyda 25 mln so’m pul mablag’i o’tkazib beriladigan bo’ldi.

Bugun kombinat rahbariyati tomonidan ajratilgan Yangi yil sovg’alari hamda pul mablag’ining sertifikati tantanali ravishda mehribonilk uyiga topshirildi. Tadbirda so’z olgan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Elmira Bositxonova kombinat rahbariyatining bunday  ezgu amallari bardavom bo’lishini tilab, o’z minnatordorchiligini bildirib qoldi.

Sanobar Norinboyeva,

kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi huzuridagi

xotin-qizlar masalalari bo’yicha komissiya raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech