http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Qorbobo va qorqiz keksalar huzurida

on .

Yangi yil ayyomi arafasida shahrimizdagi “Nuroniylar uyi” da keksa onaxonu otaxonlar uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi. To’kin dasturxon atrofiga jam bo’lgan kekslarni Qorbobo va Qorqiz ayyom bilan qutlashdi.

Kuylar qo’shiqqa ulangan kecha nuroniylarga bir olam quvonch ulashib, ularni raqslarga chorladi. Ayyomni ko’tarinkilikda tantana qilgan bobo va buvijonlar tadbir tashkilotchilariga o’z minnatdorchiliklarini bildirishib, tashakkur aytishdi.

Bayram tadbirini tashkil etishda “Nuroniylar uyi” ning boshlig’i Charos Muratovaning sa’y-harakatlari alohida bo’lganini ta’kidlash joiz.

Farog’at MATKARIMOVA,

IOB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech