http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Mehnati ortidan qadr topgan Rashid aka

on .

Mehnat insonni ulug’laydi. Har bir inson kasb kori ortidan oila tebratadi. El-yurt oldida hurmat, e’tibor qozonadi.

Bundan 52 yil avval kombinatning Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi 1-temiryo’l sexiga o’rganuvchi chilangar vazifasiga ishga qabul qilingan Rashid Uzyakov ham yillar davomida mehnatda toblanib, o’z ishining ustasiga aylandi. Va mehnat jamoasida o’ziga yarasha hurmat qozondi.

Bugun qutlug’ 70 yoshni qarshi olgan Rashid Rahmatillayevich elektrovozlar ta’miri bo’yicha chilangarlikdan lokomotiv brigadalarini o’qitish bo’yicha elektrovoz mashinistligigacha bo’lgan zaxmatli mehnat yo’lini bosib o’tdi. Rashid akaning sa’yi-harakatlari bilan 1-temiryo’l sexida mashinistlarning malakasini oshirish uchun mashg’ulot sinfi tashkil etildi. Kombinatda kechadigan texnologik uzviy zanjirda qon tomir vazifasini o’tovchi STTBda mehnat qilayotgan har bir elektrovoz mashinistlari Rashid akani o’zlariga ustoz deb bilishadi. 

Bugun 1-TYTSda Rashid Uzyakovni nafaqaga kuzatish marosimi bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etgan STTB boshlig’i Bunyod Qurbonov Rashid akaning STTB mehnat jamoasida o’z o’rniga ekanligini, u tomonidan ko’plab shogirdlar yetishib chiqqanligini ta’kidlab, u bergan bilimlar bugun ish jarayonida asqotayotganini bildirib o’tdi. Shundan so’ng, Rashid akaga milily zarbof to’n kiydirilib, esdalik sovg’asi topshirildi.

Boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi faoli sifatida ham mehnat qilib kelgan Rashid Ramatillayevichga kasaba uyushmasining esdalik sog’asi tuhfa etildi. Tadbir mobaynida bir guruh shogirdlar ustozga o’z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi.Kamoliddin Maxatov,

STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech