http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Ishchilar manfaati doim himoyada

on .

Xabaringiz bor, kombinat korxonalari, sexlarida 2019 yil  jamoa shartnomasining bajarilishi bo’yicha hisobot konferensiyalari bo’lib o’tmoqda.

Ana shunday hisobot konferensiyalaridan biri Avtomobil transporti boshqarmasining 2-avtokorxonasida o’tkazildi. Avtokorxona kasaba uyushmasi sexkomi N.Urazaliyevning ma’lum qilishcha, avtokorxonada ayni paytda 503 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi.  Avtokorxona xodimlarini moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 110 nafar ishchiga moddiy yordam ko’rsatilib, 451 nafar ishchi-xodimga turli sanatoriy, dam olish pansionatlariga yo’llanmalar berildi.  Ishchilarimizning 85 nafar farzandlari yozgi dam olish oromgohlariga sog’lomlashtirildi.

Ishchi xizmatchilarning farzandlari uchun 348 ta Yangi yil bayrami sovg’alari tuhfa etildi. Ishchilar oshxonasi ham muntazam tekshirilib, 25ta dalolatnomalar tuzilgan. 6 nafar ishchi mehnat faxriy unvoniga loyiq ko’rildi. Ishchilarga munosib mehnat sharoitlari yaratish maqsadida yuvinish xonasi ta’mirlanib, ishchilar ish kiyimlari bilan ta’minlandi.

2020 yilda ham 2-avtokorxonasida jamoa shartnomasi bajarilishi qoniqarli deb topildi.

Olimjon Ahmedov,

ATB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech