http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Jamoa shartnomasi: Ishchilarga qulaylik yaratish asosiy maqsad

on .

Xabaringiz bor, kombinat korxona-tashkilotlarida 2019 yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo’yicha hisobot konferensiyalari o’tkazilmoqda.

Ana shunday konferensiyalardan biri Qalmoqqir kon boshqarmasining Elektr liniyalar uzatmalari va kontakt tarmoqlari uchastkasida o’tkazildi. Tadbir avvalida uchastka boshlig’i Avaz Abduvoitov 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar xususida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

Shundan so’ng, uchastka kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Nurmuhammad Yulchiyev o’tgan yilda ishchilarga yaratilgan imtiyozlar va sharoitlar haqida to’liq hisobot berdi. Ishchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Konferensiya kun tartibida ko’rilgan masalalar bo’yicha tegishli qaror qabul qilindi.

2019 yil Elektr liniyalar uzatmalari va kontakt tarmoqlari uchastkasida jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.

Ozod Abduraimov,

Qalmoqqir KB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech