Kasaba uyushmasi xabarlari

Ezgu amallar etadi davom

on .

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan yana bir savob ishga qo’l urildi.

Olmaliq shahar 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun turli shirinliklardan iborat 230 ta sovg’alar jamlanmasi ulashildi. Maktab tarbiyalanuvchilari o’z xomiylariga minnatdorchilik tariqasida Vatanni madh etuvchi kontsert dasturini namoyish etishdi.

Kamoliddin MAXATOV,

STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech