http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Jamoa shartnomasining har bir bandi bajarilgan

on .

17 yanvar kuni «Metallurg» MSda Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasining 2019 yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo’yicha hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Dastlab, IOB boshlig’i Elyor Akbarov so’z olib, o’tgan yilda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berdi. Ayni paytda boshqarma tarkibida 35ta bo’linma bo’lib, 1419 nafar ishchi mehnat qilib kelmoqda. IOB bo’linmalari tomonidan yoqilg’i-energetika resurslarini tejash bo’yicha 1 453 946 ming so’m iqtisod qilindi.  “Metalllurg”, “Gulzor”, “Xandiza-Parvoz”, “Tong” va “Istiqlol” bolalar dam olish lagerlarini 2019 yil yozgi ta’til mavsumiga shay holatga keltirildi. Ta’mir ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi.

Olmaliq shahri va mehmonlarining madaniy hordiq olishlari uchun “Bolajon” bolalar bog’i va “Delfin” akvabog’ida ta’mir ishlari olib borildi. “Navro’z” bayrami arafasida 28-maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’mirlanib, topshirildi. “Mustaqillikning 27 yilligi” dahasida esa yangi bolalar parki foydalanishga topshirildi. Kombinat 70 yilligi arafasida esa ushbu dahada 20-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib, bitkazildi.

2020 yilda kombinat rahbariyati tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun keng qamrovli ishlar amalga oshirilishi va moliya vositalari ajratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, kombinat sanatoriy-profilaktoriysida, 35-sonli MTTda kapital ta’mir ishlarini tugatish, “Vesna” mehmonxonasida ta’mir-tiklash ishlarini olib borish, 12- va 39-sonli MTTlarni kapital ta’mirlash, “Tong” va “Metallurg” BSOlarni rekonstruktsiya qilish, “Metallurg” SK qoshidagi suzish basseynini rekonstruktsiya qilish, “Oltin olma” pansionatida yangi kottejlar qurish, 1200 o’rinli yangi maktab va 330 o’rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etish ko’zda tutilmoqda.

Shundan so’ng, IOB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Farog’at Matkarimova 2019 yilda bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot berdi. Unga ko’ra, o’tgan yilda 33 nafar ishchi-xodim mamlakatimiz sanatoriyalarida, 73 nafari esa kombinat sanatoriy-profilaktoriysida o’z sog’liklarini tiklashgan. 134 nafar ishchi xodimga va 36 nafar pensionerga o’z sog’liklarini tiklashlari uchun moddiy yordam ajratilgan.  28 nafar ishchi yurtimizning tarixiy go’shalariga sayyohat qilishgan. “Nuroniy” qariyalar uyida har oyda 13 nafar ishlamaydigan pensionerlarning ovqatlanishi ta’minlangan. Ishchilarimizning 75 nafar farzandlari yozgi ta’til mavsumida bolalar dam olish oromgohlarida dam olishgan. Ishchilarning maxsus kiyimlar bilan ta’minlanishi, oshxonalar faoliyati muntazam ravishda tegishli tartibda nazorat qilib borilgan. Bundan tashqari IOB bo’linmalarida turli xil kasb mahorat tanlovlari, ommaviy sport musobaqalari tashkil etib kelingan. Bir so’z bilan aytganda 2019 yilda jamoa shartnomasining barcha bandlari bajarilgan.

Yig’ilishda sanoat xavfsizligi va mehnat muxofazasi bo’yicha muhandis Maqsuda Fozilova, xotin-qizlar masalalari bo’yicha komissiya raisi Charos Po’latova, yoshlar ittifoqi raisi Ixtiyor Dosovlar so’zga chiqishib, o’z yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berishdi.

Tadbirda vakillar tomonidan 2019 yilda IOBda jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech