Kasaba uyushmasi xabarlari

Ishchilar oshxonalarining faoliyati doimiy nazoratda

on .

Xabaringiz bor, kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun bir qator oshxonalar xizmat ko’rsatib keladi. Jumladan, Mis eritish zavodi mehnat ahli uchun ayni paytda “Savdo” MCHJga qarashli 14-sonli oshxona hamda uning 4ta filiali xizmat ko’rsatmoqda.

Ushbu oshxonalarning faoliyati MEZ kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda Yoshlar ittifoqi mas’ullari tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. 16-17, 18-19 yanvar kunlari mas’ullar tomonidan oshxonalar faoliyati o’rganildi. O’rganish jarayonida birinchi navbatda taomnoma bilan tayyorlangan ovqatlarning bir-biriga to’g’ri kelishi, xilma-xilligi, sifatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, oshxonalarning tozaligi, idish-tovoqlarning butligi va yetarli ekanligi, xo’randalarning o’tirish joylari, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, muzlatgichlarning ishlash yoki ishlamasligi ko’zdan kechirildi. Ishchilar tomonidan gigiena qoidalariga amal qilinishi ham talab qilindi. Bundan tashqari, har bir oshxonada oshxona xodimlarining muomala madaniyatiga ham e’tibor qaratildi.

Ishchilarga berilayotgan davolash-profilaktik talonlariga taqdim etilayotgan ovqatlarninng me’yorda tarqatilishi ham hamisha diqqat markazimizda. Oshxonalar faoliyatida, shuningdek, har bir sexda sex boshlig’i, kasaba uyushmasi faoli va Yoshlar ittifoqi yetakchisidan iborat komissiya tomonidan ham har kuni belgilangan jadval asosida tekshirib boriladi.

Olib borayotgan o’rganishlarimiz natijasida hozirda oshxonalar faoliyatida kamchiliklar kuzatilmayapti.

Murodjon KARIMOV,

MEZ yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech