Kasaba uyushmasi xabarlari

Jamoa shartnomasi hisobot yig’ilishi: 11ta taqdimnoma rad etilgan

on .

23 yanvar kuni  Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasida 2019 yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo’yicha hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda OKMK ijro apparati transport va logistika bo’limi boshlig’i Umar Mavlyanqulov, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi vakili Zamira Ikromova, STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi faollari, Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’yicha muhandislar, sex boshliqlari ishtirok etishdi.

Dastlab, STTB boshlig’i v.v.b Sirojiddin Manazarov so’z olib, o’tgan yilda mehnat jamoasi tomonidan bajarilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Erishilgan yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar to’g’risida to’xtaldi.

Shundan so’ng, STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Kamoliddin Maxatov so’z olib shunday dedi: STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi tarkibiga 10 sex  kasaba uyushmasi qo’mitalari kiradi. 2020 yilning 1 yanvarь holatiga kasaba uyushmasida 2722 kishi ro’yxatga olingan bo’lib, ularning 322 nafari ishlamaydigan pensionerlardir.

Kasaba uyushma qo’mitasi ma’muriyat bilan birgalikda mehnat muhofazasiga rioya qilish, sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash ishlari olib borildi. Noqulay mehnat sharoitida ishlayotgan barcha xodimlar belgilangan me’yorlarga muvofiq bepul ish kiyimlari, maxsus poyafzal, ro’yxat bo’yicha sovun, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlandi.

Hisobot davrida STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi bilan xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish haqida ish beruvchining 18 ta taqdimnomasi ko’rib chiqdi. Taqdimnomalarning 11 tasi kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan tasdiqlanmagan.

Korxonada ishchilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga katta e‘tibor berilmoqda - ish taqsimlash xonalari ta’mirlanib, stantsiyalar qishki-yozgi konditsioner va mikroto’lqinlar bilan jihozlangan.

Jamoa shartnomasida har bir xodim kombinat sanatoriy-profilaktoriyasida davolanish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Hisobot davrida sihatgohda 159 nafar xodim sog’lomlashtirildi. Ulardan 25 kishi oila a’zolari. Ishlamaydigan pensionerlar-28 kishi.

O’zbekiston sanatoriylarida esa  98 nafar  ishchlarimiz va 15 nafar ularning oila a’zolari o’z sog’liklarini tiklashgan. 572 nafar ishchi-xodim “Oltin olma” pansionatida dam oldi. 175 nafar xodimga davolanish uchun 32,1 mln. so’m miqdorida moddiy yordam  ajratilgan. Ishchilarimizning 251 nafar farzandlari bolalar yozgi damolish oromgohlarida dam olishdi.

Navro’z, kon-metallurgiya xodimlari kuni, Xotira va qadrlash kuni, temir yo’l xodimlari kuni, Mustaqillik bayrami, Ramazon va Qurbon Xayiti hamda Yangi yil bayramlarida  Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti ishtirokchilari, boquvchisini yo’qotgan oilalar, ishlamaydigann pensionerlar oziq-ovqat jamlanlari va pul kompensatsiyasi shaklida ijtimoiy qo’llab-quvvatlanmoqda.  Shuningdek, ishchilari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli xil kasb mahorat tanlovlari ham muntazam o’tkazib kelinmoqda.

Shundan so’ng, SX va MM katta taftishchisi Elyor Qoraboyev,  STTB Yoshlar ittifoqi raisi Zafariddin Isliddinov, SX va MM bo’yicha katta vakil Zanif Gumirovlar so’z olib, o’z yo’nalishalarida olib borilgan ishlar to’g’risida hisobot berishdi.

Yig’ilishda 2019 yilda STTBda jamoa shartnomasi bajarilishi qoniqarli deb, topilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech