http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

Shahrimizda xalqaro konferensiya

on .

Er osti boyliklaridan oqilona va bexatar foydalanishning geomexanik-geodezik hamda marksheyderlik ta’minotini yangi bosqichga ko`tarish va zamon talablariga moslash, shuningdek, geotexnologiya jarayonlarini jadallashtirish, samaradorligini oshirish, dunyo bozori uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish borasida respublikamizda jadal ishlar amalga oshirilmoqdaki, buni kuni kecha bo`lib o`tgan anjuman misolida ham ko`rishimiz mumkin bo`ladi.

Akademik V.R.Rahimov xotirasiga bag’ishlangan “Er osti boyliklaridan oqilona va bexatar foydalanishning zamonaviy muammolari va takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining Olmaliq filialida bo`lib o`tdi.

Mazkur yirik ilmiy tadbirda 10dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Yevropa ittifoqi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston va boshqa hamdo`stlik davlatlaridan 35ga yaqin taniqli olimlar va sohaning yirik mutaxassislari ishtirok etdilar. Ular o`z chiqishlarida xalqaro miqyosda marksheyderiya, geomexanika va konchilik ishi sohalaridagi ilmiy maktablar tajribasini o`rganish, o`rtoqlashish va amaliyotda samarali foydalanish yo`llari haqida gapirib o`tishdi. Shuningdek, anjuman davomida Xalqaro Marksheyderlar Kongressining boy tajribasini O`zbekistonda marksheyderiya, geodeziya, kartografiya va kadastr hamda konchilik ishi yo`nalishlaridagi mutaxassislar va ilmiy kadrlarni yetkazib berishda keng qo`llash kabi masalalar ustida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur ilmiy-texnik anjuman doirasida konferentsiya ishtirokchilari “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi korxonalarning faoliyati, ish uslubi, amaliyotga tatbiq etilayotgan yangiliklar bilan ham tanishib, ToshDTUning iqtidorli talabalari va yosh olimlari bilan master-klass, seminar-treninglar o`tkazdilar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech