http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida matbuot anjumani o`tkazildi

on .

Matbuot anjumanida O’zA, “Xalq so’zi”, “Toshkent haqiqati” va “Ташкентская правда”, “Ulug’ yo’l”, “Алмалыкский рабочий” gazetalari, “Xabar.uz” sayti, shuningdek kombinat matbuoti va televideniesi muxbirlari hamda fotomuxbirlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Toshkent viloyati matbuot va axborot boshqarmasi boshlig’i Zarifa Eralieva qatnashdi.

Ma’lumki, «Olmaliq KMK» AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.

Bugungi kunda «Olmaliq KMK” AJda jami 50ta axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar qo’llaniladi.

Asosiy axborot tizimlari quyidagilar:

  • Buxgalteriya va moliya hisobini yuritish axborot tizimi;
  • Xodimlarni boshqarish tizimi;
  • Loyihalashtirishni avtomatlashtirish tizimi;
  • Geologik axborotlar tizimi;
  • Moddiy texnik ta’minotni boshqarish tizimi;
  • Elektron hujjatlar aylanmasi tizimi.

Kombinat Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan kombinat ishlab chiqarishida avtomatlashtirish ishlari olib boriladi.

Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz, hukumatimiz hamda kombinat rahbariyati tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng ko’lamda e’tibor qaratilib, soha qo’llab-quvvatlanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2014 y. №PP-2158 sonli «Iqtisodiyotning real sektorida axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori bilan 2014-2015 yillarda iqtisodiyotning real sohalarida axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy mahsulotlarni tadbiq etishga qaratilgan ustuvor loyhalarning ro’yxati tasdiqlangan bo’lib, unga «Olmaliq KMK” AJning umumiy baholangan qiymati 10,6 mlrd. so’mga teng 6ta loyihalari kiritilgan. Ular:

  1. Foydalanish va geologiya qidiruv ishlarida zahirani hisobga olish hamda prognoz manbalarini tayyorlash hisob-kitobini tezkorligini oshirish uchun kon–geologiya dasturiy ta’minotini tadbiq etish.

Amalga oshirish muddati: II kvartal 2015y.

Loyiha zamonaviy dasturiy ta’minotni qo’llovchi geologlar, marksheyderlar va kon ustalarining avtomatlashtirilgan ish o’rinlarini yaratishni ko’zda tutgan. Loyihadan olingan samaradorlik yiliga 140 mln.so’mni tashkil etadi.

        2. Transport vositalarini monitoring qilish va yoqilg’i hisob-kitobini olib borish tizimini joriy etish, transport vositalarini yo’nalishini nazorat qilish, yoqilg’i sarfini nazoratga olish, hisobotlarni shakllantirish.

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2015 y. Loyiha amalga oshirilgan.

Monitoring tizimini qo’llash hisobiga dizel yoqilg’isini 2018 yil   birinchi yarim yilligida iqtisod qilinishi qiymati 2,4 mlrd so’mga teng bo’lgan 388,65 tonnani tashkil etdi.

  1. Mis boyitish fabrikasining Maydalash –yanchish bo’limidagi texnologik jarayonni avtomatlashtirish tizimini tadbiq etish.

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2015y. Loyiha amalga oshirilgan.

Iqtisodiy samaradorlik Misni kontsentratga ajratib olish ko’rsatkichini 0,1 % oshirishga, tovar mahsulotini esa 1,8 mlrd so’mga ko’paytirishni tashkil etdi.

  1. 2-Mis boyitish fabrikasi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimini tadbiq etish.

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2016y.

Kutilayotgan iqtisodiy samara: Misni kontsentratga ajratib olish ko’rsatkichini 0,57% oshirish, tovar mahsulotini esa 0,7 mlrd so’mga ko’paytirish(yiliga).

  1. Mis eritish zavodining Sulfat kislotasi sexi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini joriy qilish.

Amalga oshirish muddati: I kvartal 2015y. Loyiha amalga oshirilgan.

Iqtisodiy samaradorlik 560 mln.so’m.ni tashkil etadi.

  1. Jizzax viloyatida portland va oq sement ishlab chiqarish. Zavodining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini joriy qilish.

Amalga oshirish muddati: II kvartal 2015 y. Loyiha amalga oshirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.08.2016 y. №PP-2569 sonli «Iqtisodiyotning real sektorida axborot kommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish borasidagi chora- tadbirlar to’g’risida»gi qarori bilan 2016-2018 yy. Iqtisodiyotning real sohalarida zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy maxsulotlarni yanada rivojlantirish va tadbiq etishga qaratilgan ustuvor loyihalarning ro’yxati tasdiqlangan bo’lib, unga «Olmaliq KMK” AJ ning umumiy baholangan qiymati 18,81 mlrd.so’mga teng 6 ta loyihalari kiritilgan.

  1. Tezkor hamda ishlab chiqarish texnologik faoliyatlarni kompyuterlashtirish bo’yicha axborot tizimini tadbiq etish.

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2017y.

  1. Mis eritish zavodining yangi eritish pechiga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2016 y.

Loyiha iqtisodiy samaradorligi otvaldagi shlaklar tarkibida shixta moddalarini yuklash jarayonini puxta nazorat qilish hamda tabiiy gaz ko’rinishida qo’llanilayotgan energetik manbalarni kamaytirish hisobiga mis qoldig’ini kamaytirishga erishilayapti.

  1. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi sement ishlab chiqarish zavodining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini joriy etish.

Amalga oshirish muddati:IV kvartal 2018y.

  1. "Samarcho’q" yer osti konida avtomatlashtirish tizimini joriy etish.

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2018y.

Mazkur tizim asosiy texnologik jihozlarning ko’rsatkichlarini avtomatik tartibda nazorat qilish hamda avariyaga qarshi himoyani ta’minlash imkonini yaratadi. Bugungi kunda loyihani amalga oshirish yuzasidan qurilish ishlari olib borilmoqda.

  1. Nodir metallar va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish buyicha IICHBda nazorat va kirishni hisobga olishni avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2017y.

Baholangan qiymati:70,0 mln.so’m. O’zlashtirilgan mablag’: 167,2 mln.

  1. Nodir metallar va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida nazorat va kirishni hisobga olishni avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

Amalga oshirish muddati: IV kvartal 2017y.

Bundan tashqari kombinatda yana qator loyihalar o’zlashtirilib, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda.

 2019-2022 yillarga mo’ljallangan istiqbolli loyihalar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining №UP-5349 sonli 19 fevral 2018 yilgi «Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalar tarmoqlarini yanada takomillashtirish bo’yicha chora–tadbirlar to’g’risida»gi qarorini bajarish maqsadida 2018-2022 yy.da «Olmaliq KMK»AJda axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalar tarmoqlarini takomilashtirishga qaratilgan ustuvor loyihalarning manzilli ro’yxati shakllanmoqda.

Ularga quyidagilar kiritilgan:

  • «OKMKni kon-transport majmuasini boshqarish bo’yicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish»
  • Moliyaviy hisoblash va hisobotlar, xodimlarni boshqarish, tezkor va ishlab chiqarish texnologik faoliyatni kompyuterlashtirish bo’yicha integratsiyalashgan kompleks axborot tizimini joriy etish»
  • Mavjud serverlash jihozlarini modernizatsiyalashtirish. Kombinat faoliyatida qo’lllanilayotgan axborot tizimlarining yuksalishi mavjud server parkini modernizatsiyalashtirilishini talab etadi. Modernizatsiyalash qo’shimcha yangi axborot tizimlarini tadbiq etishni, server jihozlarini va biznes tanqidiy axborot tizimlarini boshqaruvini yuksaltirishni, xavfsizlikni ta’minlab beradi.

 Shuningdek, “Yoshlik-I» va «Yoshlik-II» konlarini o’zlashtrish loyihasini amalga oshirish doirasida yangi ob’ektlar qurilib, ularda hamda mavjudlarida ham avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar tadbiq etilishi ko’zda tutilgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech