http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

“Olmaliq KMK” AJ matbuot anjumani

on .

Anjuman avvalida ishtirokchilarga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hayoti va faoliyati keng ko’lamda yoritilgan videorolik namoyish etildi.

Shundan so’ng Xodimlar bo’yicha boshqaruv raisi o’rinbosari A.Mirzajonov bugungi kunda kombinatda olib borilayotgan kadrlar siyosati, kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ijtimoiy tadbirlar, erishilayotgan yutuqlar va bunyodkorliklarga to’xtalib o’tdi.

“Modernizatsiyalash: texnik va texnologik yangilanayotgan ishlab chiqarish” mavzuida Texnologiya bo’yicha bosh muhandis o’rinbosari A.Abduqodirovning slaydlar asosida aniq fakt va dalillar, raqamlarga asoslangan sermazmun ma’ruzasi tinglandi.

Matbuot anjumani jurnalistlarning qiziqarli  savollari va ma’ruzachilarning aniq javoblari bilan yanada boy o’tdi.

Anjuman yakunida ko’plab matbuot va OAV xodimlari tomonidan “Olmaliq KMK” AJning ushbu matbuot anjumani 2019 yilning shu kuniga qadar bo’lib o’tgan matbuot anjumanlarining eng sermazmunlaridan biri, deya e’tirof etildi.

Axborot xizmati

OKMK Axborot xizmati telegram kanaliga ulanish: https://t.me/olmaliq7_24

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech