http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

Xalqaro anjuman: Innovatsion texnologiyalar - muammo va yechim

on .

Xalqaro anjuman avvalida Bosh vazir A.Aripovning tabrik xatini O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi A.Sultanov o’qib eshittirdi.

 “SFI Management Group” kompaniyasi kuzatuv Kengashi a’zosi K.Shodiev anjuman ishtirokchilarini qutlar ekan, o’tgan muddat davomida kombinat tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlarga alohida to’xtalib, kelgusida bunyod etilishi rejalashtirilayotgan yangi ishlab chiqarish ob’ektlari haqida aytib o’tdi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so’ng Boshqaruv raisi A.Xursanov anjuman qatnashchilarini “Olmaliq KMK” AJ tarkibi, mavjud texnogen chiqindilar va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishtirdi.

Anjumaning plenum yig’ilishida texnogen xom-ashyolarni qayta ishlash muammolarini yechish, ishqorli va zich oltin tarkibli rudalarni pirometallurgiya yo’li bilan seleksiyalash,  texnogen chiqindilar – OKMK mineral-xom-ashyo zahiralarining yangi turi, kon-metallurgiya korxonalarining texnogen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalari kabi bir qator mavzularda olimlar, fan arboblarining ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalar fan arboblari va ishlab chiqaruvchilarning o’zaro savol-javoblari, fikr-mulohazalar va bahs-munozaralari bilan qizg’in davom etdi.

Anjumanning ikkinchi ish kuni 19 aprel kuni davom etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech