http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

on .

Ilm-fanning ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va integratsiyalash jarayonlariga dinamik  ta’sirini oshirish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ, «SFI Management Group» ishonchli boshqaruvi va MTTU “MISSiS” tomonidan 18-19 aprel kunlari Olmaliq shahrida «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati texnogen qoldiqlarini qayta ishlash masalasida zamonaviy muammolar va uning yechimida innovatsion texnologiyalar”  Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

18 aprel kuni «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati texnogen qoldiqlarini qayta ishlash masalasida zamonaviy muammolar va uning yechimida innovatsion texnologiyalar”  Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining birinchi ish kuni boshlandi.

«Olmaliq KMK» AJ - nafaqat respublikamizdagi, balki Markaziy Osiyo  mintaqasidagi  o’ziga xos tog’-kon qazib olish majmuasi, rangli metallurgiya sanoatining giganti hamda tog’ jinslarini qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan eng yirik korxonalardan hisoblanadi.  Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining O’zbekiston davlat byudjetiga qo’shayotgan ulushi ham salmoqlidir. Misol tariqasida keltiradigan bo’lsak, kombinatning  yillik soliq o’tkazmalari davlat kapitalining 3,6% ga yaqinini, mamlakatimizning  eksport tizimida - 10%ga yaqinini tashkil qiladi. Yana shuni ta’kidlash joizki, OKMK tomonidan  ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har yillik o’sishi 4% dan  ortiqni tashkil etayotgani e’tiborga molikdir.

Ishlab chiqarishning joriy holatini o’rganish hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kelgusi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida “SFI Management Group” tomonidan xorij davlatlaridan va mahalliy yetakchi olimlar hamda eskpertlar jalb etilmoqda.

Barcha rejalarni umumlashtirish natijasida korxonaning mavjud tarkibiy tuzilmalarini 2023 yilgacha modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi ishlab chiqildi. 

O’zbekiston Prezidentining  tegishli qarori asosida tasdiqlangan  “Olmaliq KMK” AJni 2019-2022 yillar davomida asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini barqarorlashtirish va qayta rekonstruksiya qilishning ustuvor vazifalariga doir  dasturning qabul qilinishi amalga oshirilgan ishlarning mahsulidir. Yuqorida  qayd etilgan  dastur  qabul qilganidan so’ng,  samarali innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va omilkorona  tatbiq etishga alohida urg’u berilmoqda. Chunonchi aynan ishlab chiqarish tizimlariga eng ilg’or zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi ishlab chiqarishning keskin o’sishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarining ortishi, mahsulotlar sifati oshishida muhim omil bo’ladi.

Mazkur Xalqaro konferensiyaning diqqat markazidagi texnogen maydonlarni qayta ishlashga jalb etish, zamonaviy innovatsion va texnologiya jarayonlarini joriy etish va foydalanish masalalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mavjud barcha solohiyati kompleks ravishda rivojlanishini, qazib olishga ketayotgan sarf-harajatlarni  minimal darajaga tushirish bilan birga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish,  ekologik tavakkalchiliklarni qisqartirish, mineral-xom-ashyo zahiralaridan to’liq va samarali foydalanish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda kombinatning istiqbolli rivojlanishi, mineral-xom-ashyo bazasi kengayishi, rangli, qimmatbaho va nodir metallarni ishlab chiqarishning ortishi – bular o’z navbatida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va kombinat mehnatkashlari, ularning oila-a’zolari hamda mintaqa aholisi farovonligi yuksalishiga  turtki beradi.

Polimetal va texnogen kon maydonlarini o’zlashtirish bo’yicha jahondagi tendensiyalar va uning istiqbollarini o’rganish va  “Olmaliq KMK” AJda tatbiq etish uchun loyiha mualliflarini jalb etgan holda kon maydonlarini samarali o’zlashtirish rejalarini amalga oshirishda xalqaro tajribalarni, loyihalar mualliflarini jalb etgan holda qo’llash mazkur Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

64 dan ziyod kompaniyalar, Rossiya, Qozog’iston, AQSH, Germaniya, Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Daniya, Janubiy Afrika Respublikasi va  O’zbekistondan 100 dan ziyod olimlar va yetakchi mutaxassislar xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda. Mamlakatimiz vakillari orasida - O’zbekiston Respublikasining  15 ta  ilmiy-tatqiqot institutlari va  boshqa tashkilotlardan  27 nafar fan arboblari qatnashmoqda.

Ushbu Xalqaro  konferensiya kombinat oldida turgan  amaliy vazifalar yechimining maqbul mexanizmlarini tanlab olish, mamlakatimiz hamda xorij davlatlari ilm-fan jamoatchiligi bilan  manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yo’lga qo’yish imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqadi. 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech