http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

Ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi

on .

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisining xodimlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Azim Mirzajonov, Mis eritish zavodi direktori Baxtiyor Vaqqosov, qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi direksiyasi direktori Oleg Staroverovlar ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Matbuot anjumanida Respublika markaziy nashrlari, veb-saytlar va boshqa OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda “Kon-metallurgiya tarmog’i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

Dastlab, anjuman qatnashchilari e’tiboriga kombinat faoliyati haqidagi videorolik havola etildi. Shundan so’ng, so’z olgan Azim Mirzajonov bugungi kunda OKMKda olib borilayotgan kombinat tog’-kon va qayta ishlash korxonalari quvvatlarini oshirish, mineral xom ashyo bazasidan foydalanish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, kon-metallurgiya tarmog’ining yirik korxonalari raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish masalalari bo’yicha ma’ruza qildi.

- Joriy yilda kombinatimiz o’zining 70 yilligini nishonlamoqda, - deydi Azim Mirzajonov. - Qutlug’ sanani kombinat mehnat jamoasi bir qator yutuqlar bilan kutib olayapti. Qo’lga kiritilayotgan yutuqlar zamirida ishni to’g’ri tashkil etish, ahil jamoa, ishchi-xodimlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar yotgani sir emas. Xabaringiz bor, o’tgan yili hukumat qarori bilan kombinat “SFI Management Group” xorij kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi. Bu kombinat rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Kombinat rahbariyati hamda “SFI Management Group” tomonidan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mamlakatimiz va xorijdan yetakchi olimlar, ekspertlar jalb qilinib, kombinat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish Dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur ko’p o’tmay o’z mevasini bera boshladi. So’zimning isboti sifatida raqamlarga murojaat etadigan bo’lsak, joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida 1 milliard 400 million  dollarlik mahsulot ishlab chiqarildi. O’sish sur’ati esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 131,5%ni tashkil etdi. Eksport borasida ham salmoqli natijalar qayd etilmoqda. Bugun kombinat dunyoning 16 davlatiga 17 turdan ortiq mahsulotlarni eksport qilmoqda. Yaqin yillar ichida xom ashyo bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan jami 3 milliard 349,8 million dollarlik investitsiyalarni o’zlashtirish rejalashtirilgan. Yuqori natijalarga erishishda malakali mutaxassislarning o’rni beqiyos. Bu borada ham salmoqli ishlar bajarib kelinmoqda. Buni shahrimizda faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Rossiya Federatsiyasining Moskva texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning filiali tashkil etildi. Mazkur oliygohlar kombinatga zarur bo’lgan malakali muhandis-texnik xodimlarni yetkazib beradi.

Kombinat nafaqat ishlab chiqarishda, balki ijtimoiy sohani ham qo’llab-quvvatlashda peshqadamlik qilmoqda. Ayniqsa, Olmaliq shahrini rivojiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Sentyabr oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tarixiy rekord o’rnatildi, - deydi Baxtiyor Vaqqosov. - 16 sentyabrga kelib Mis eritish zavodida 100 000 tonna mis katodi ishlab chiqarildi. Kombinat tarixida hali bunday natija qayd etilmagan. Ayni paytda OKMKda bir qancha yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularga 3-MBF, 5- va 6-son sulfat kislota sexlari, yangi Vanyukov pechi, kislorod bloki, anod pechlari, misni elektroliz qilish sexlari kiradi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 6 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Investitsion loyihalar amalga oshirilishi natijasida 2023 yilga kelib ruda qazib olish 40 mln. tonnadan yiliga 100  mln. tonnagacha, mis ishlab chiqarish hajmi 106 ming tonnadan 250 ming tonnagacha, rux 68 ming tonnadan 120 ming tonnagacha oshirilib ishlab chiqarish imkoniyatini beradi.

Anjumanda OAV vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Sherzod Tilovberdiyev   

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech