http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

OKMK MDH eng yirik MBF barpo qiladi

on .

Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati 2023 yilning oxirigacha MDHda eng yirik mis-boyitish fabrikasining qurilishini yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida bugun bo’lib o’tgan matbuot anjumani davomida qurilayotgan  3-mis boyitish fabrika direksiyasi direktori Oleg Staroverov ma’lum qildi. 

Uning  so’zlariga ko’ra, fabrikada yangi texnologiyalarning qo’llanilishi natijasida yilida 60 million ruda ishlab chiqariladi. Xususan, mutlaq avtomatlashtirilgan majmualarni qo’llash, noyob roller-press (HPGR) texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilgan. 

“Mazkur texnologiyalardan bugungi kunda soha yetakchilari bo’lgan AQSH, Chili  va Peru davlatlari foydalanishmoqda. Biz ularning tajribalarini o’rganib chiqdik. MDH ichida ko’rsatkichlar bo’yicha eng yaqini Rossiya bo’lib, bu yerda 40 million tonna quvvatiga ega fabrikalar mavjud. Istiqbolda O’zbekiston rudani qayta ishlash bo’yicha bu davlatlarni ortda qoldirishi hech gap emas. Bu uchun yangi ishlab chiqarish ob’ektini qurish barobarida “Yoshlik-I”konini o’zlashtirish hisobidan uni zaruriy xom-ashyo bilan ta’minlash masalasi ko’rib chiqilmoqda”, - deb aytdi O.Staroverov. 

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi Rossiyaning “TOMS” Ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti tomonidan tayyorlanmoqda. Rejaga ko’ra, mazkur fabrikada zamonaviy texnologiya va jihozlarni qo’llash asosida atrof muhitga ta’sir kamaytirilib, uning energiya samaradorligi oshadi. Zaruriy jihoz va texnologiyalar dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib beriladi.

“Rossiya tomoni noyabr oyining oxirigacha yangi fabrika bo’yicha ko’rib chiqish uchun texnologiyalarni taqdim etishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda eng maqbul texnologiyalarni tanlash uchun laborator ishlar va rudani  o’rganish tadbirlari olib borilmoqda. Keyingi bosqichda turli jihozlarni  yetkazib berish uchun tender e’lon qilinadi”, - dedi suhbatdoshimiz. 

Eslatib o’tamizki, Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati O’zbekistonda mis ishlab chiqarish bo’yicha yagona korxona sanaladi. Unda  tozalangan  mis, metalli ruh, molibden, qo’rg’oshinli konsentrat va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Kombinatda respublika bo’yicha kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi  tayyorlanadi.

2018 yilning  avgust oyida korxona davlat ulushi chet elning SFI Management Group kompaniyasiga ishonchli boshqaruv asosida berilgan edi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech