http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Press-konferensiya

Poytaxtda OKMK ishtirokidagi matbuot anjumani

on .

22 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda OKMK rahbariyati va Axborot xizmati hamkorligida agentlik anjumanlar zalida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ijtimoiy taraqqiyotga qo’shgan ulushi” mavzuida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Press-konferensiyada “Olmaliq KMK’ AJ boshqaruvi raisining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek Fayazov, kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi raisining o’rinbosari Sayyora Jo’rayeva, Axborot xizmati rahbari Oysara Dadayeva hamda «За цветные металлы» gazetasi muharriri Lyudmila Filippovichlar ishtirok etishdi. Ular yurtimiz OAV vakillari va blogerlariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ijtimoiy taraqqiyotga qo’shayotgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlar berishdi.

Tadbir avvalida OAV vakillarining e’tiboriga kombinatning shahrimiz ijtimoiy hayotida tutgan o’rni va erishilayotgan yutuqlarni aks ettirgan videorolik namoyish etildi. Shundan so’ng, kombinat Axborot xizmati rahbari Oysara Dadayeva anjumanni ochib berdi.

Tadbirda so’z olgan kombinat boshqaruvi raisining ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek Fayazov kombinat ishlab chiqarish jarayonlarida bo’layotgan o’zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda kombinat mehnatkashlarining farovonligini yuksaltirish yo’lida ham keng ko’lamli ishlar olib borilayotganini aytib o’tdi. Jumladan, shahrimizdagi 5/3 kichik nohiyasi hududida “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasi barpo etilgani, mahallada kombinat tomonidan 10ta ko’p qavatli uylar ham qurilgani, ushbu uylar ichida 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi ham tashkil etilgani, shu hududga qarashli mahallada esa zamonaviy “Yoshlik bog’i” ham barpo etilganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, OKMK da Ijtimoiy masalalar bo’yicha 4 ta katta loyihalar ustida ish olib borilayotgayapti, ya’ni dunyo standartlariga javob beruvchi maktabgacha ta’lim muassasasi, zamonaviy laboratoriyalarni o’z ichiga oluvchi, 2 mingdan ortiq o’quvchilar uchun mo’ljallangan kombinat maktabi, kombinat tarixini, badiiy va ilmiy adabiyotlarini va arxiv hujjatlarini o’z ichiga jamlovchi Ilmiy resurs markazi, hamda ko’ngilochar yirik savdo majmuasini barpo etish ko’zda tutilmoqda. Bundan tashqari OKMK ishchi-xodimlarining farovonligini oshirish yo’lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya masalalariga ham yanada ko’proq ahamiyat qaratib, ularning dam olish sihatgohlarida hordiq chiqarishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar yaratib berishda davom etamiz, deb ta’kidlab o’tdi Ulug’bek Fayazov.

Matbuot anjumanida OKMK AJ Kasaba uyushmasi kengashi raisining o’rinbosari Sayyora Jo’rayeva jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, OKMK ishchi-mehnatkashlari, yoshlari uchun ma’naviy-ma’rifiy dam olish vaqtlarini tashkil etish maqsadida kombinat kasaba uyushmalari qo’mitasi tomonidan ko’plab ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Jumladan, kombinat Kasaba uyushmalari qo’mitasi tomonidan mamlakatimizdagi tarixiy qadamjolarga sayyohlik safarlari tashkil etib kelinayotganligini, joriy yilning o’zida Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlariga 1710 nafar xodimlar uchun 20 marotaba sayohat uyushtirilganini, ularning 550 nafari qadim Xiva shahrini bepul ziyorat qilib kelish imkoniga ega bo’lishganini aytib o’tdi. Shu bilan birga, bunday ezgu tadbirlar yil oxirigacha davom etishini ham alohida ta’kidladi.

Shundan so’ng, matbuot anjumani qizg’in savol-javoblar maydoniga aylandi. Turli internet-saytlar, televidenie va gazeta-jurnallar, bloggerlar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech