http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Mehnatimiz mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun ulushdir

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining muhtaram mehnatkashlari! Qadrli ishlab chiqarish faxriylari!

O’zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Sizlarga samimiy tabriklarimni yo’llayotganimdan xursandman.

Suveren mustaqil davlatimiz istiqlolining birinchi yillaridayoq mamlakatimiz Prezidentining farmoniga ko’ra, may oyining uchinchi yakshanbasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida belgilandi. Bu respublikamiz iqtisodiyoti va xalqining farovon turmushida konchilar va metallurglarning mehnati nihoyatda yuqori baholanganidan dalolat beradi. O’z mulohazalarimni balandparvoz gaplardan holi qilgan holda shuni ta'kidlashim zarurki, kombinatimiz jamoasi kundalik matonatli mehnati bilan mamlakatimiz rahbariyatining ishonchini oqlab kelmoqda.

Konchilarimiz va shaxtyorlarimiz misli, polimetall va oltin tarkibli rudalar qazib olinishini ta'minlashmoqda, boyituvchilar va metallurglar mazkur xom-ashyolarni zargarona qayta ishlagan holda tayyor mahsulotlar olishmoqda. Avtomobilchilar, temiryo’lchilar, quruvchilar va ta'mirchilar, yordamchi bo’linmalar va laboratoriyalar ishchi-xodimlari ham kombinat ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas bir qismlaridir. Ona-Vatanimiz zamini ichra xalqimizga xizmat qiladigan ulkan boyliklar ko’p. Ularni topish, qayta ishlanadigan zahiralarini belgilab berish Olmaliq kon-metallurgiya kombinati geologlarining vazifasi. So’nggi yillarda tashqi sotuvlar va eksport bo’limlarining xorijlik hamkorlar bilan ishlash mas'uliyati sezilarli darajada o’sdi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, kombinatimizda ikkinchi darajali korxona va kasblarning o’zi yo’q: yakuniy natijaga erishishda har biri o’ziga xos muhim va ahamiyatlidir. 

Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan, OKMK jamoasi o’z yutuqlari bilan faxrlana oladi. Ishlab chiqarishni modernizasiyalash bo’yicha biz biror-bir loyihani to’xtatganimiz yo’q. Investision dasturlar ijrosi yo’lida barcha ishlarni davom ettirdik, ma'danlarni qazib olish va mahsulot turlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni davom ettirayapmiz. Bularning barchasi mamlakatimiz rahbariyatining korxonamizga ko’rsatayotgan har tomonlama yordami tufayli yuzaga chiqdi. Kombinat eksport mahsulotlari ro’yxatini kengaytirgan holda, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’paytirishga ham alohida e'tibor qaratmoqda. Eksport salohiyatini oshirish nafaqat kombinatning eksport potensialini mustahkamlaydi, balki davlat byudjetiga hamda mamlakatimiz aholisi farovonligining yuksalishiga ham munosib ulush bo’lib qo’shiladi. Biz yangiliklarni o’zlashtirishdan qo’rqmaymiz, biz katta kuch-g’ayrat bilan ishlashni bilamiz. Kombinatning barcha sexlari va bo’linmalari ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini tushirishga qaratilgan yo’nalish va faoliyatga moslasha olishdi. Jumladan, yoqilg’i-moylash manbalari, ehtiyot va butlovchi qismlar, materiallarni iqtisod qilgan holda, ishlab chiqarish sur'atlarini oshirishga urg’u berildi.

Ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar o’z zimmamizga olgan ijtimoiy majburiyatlarni ikkinchi darajaga surib qo’ygani yo’q. "Olmaliq KMK" AJ ma'muriyati va Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan jamoa shartnomasida ko’zda tutilgan barcha shartlar, imtiyozlar saqlab qolinishiga muvaffaq bo’lindi. Jamoamizning ish samaradorligini ta'minlashda kombinatning ijtimoiy ob'ektlari ahamiyatga molik o’rin tutadi. Mehnatkashlarimiz farzandlari Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasining Maktabgacha ta'lim muassasalariga qatnashadi, yozgi ta'tilni  bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida o’tkazishadi, sport klubimiz seksiyalarida sport bilan shug’ullanishadi va o’z iste'dod qirralarini "Metallurg" madaniyat saroyida kamol toptirishadi.

Ishchi-xodimlarning o’zlari esa pansionatlar va dam olish zonalarida hordiq chiqarish, salomatliklarini sanatoriy-profilaktoriymiz, O’zbekiston sanatoriylari va mamlakatimiz tashqarisidagi nufuzli sanatoriy, kurortlarda tiklash imkoniga egalar.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati urush va mehnat faxriylariga, ishlab chiqarish pensionerlariga, bizga biriktirilgan  ijtimoiy muassasalarga ko’mak berib kelmoqda. Olmaliq shahrini, shu bilan bir qatorda kombinat ob'ektlari joylashgan aholi punktlarini obodonlashtirish borasida keng qamrovli ishlarni davom ettirayapmiz.

Har yili o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarining minglab o’quvchilari kombinat sexlarida amaliyotni o’tagan va sexlarimizga doimiy ishga joylashgan holda o’z mehnat faoliyatlarini boshlashmoqda. Shuni mamnuniyat bilan aytish joizki, OKMKda mehnat qilish ular uchun yuksak sharaf bo’lib qolmoqda.

Imkoniyatdan foydalanib, mehnat faoliyatidagi ilk qadamlarini qo’yayotgan yoshlarga mehnatsevarlik, shijoat, tanlagan sohasining haqiqiy  ustasi bo’lib yetishishida iroda, intilish hamda o’z ustida tinimsiz ishlash va mehnatga halol munosabatda bo’lishni tilab qolaman. Zero, sizlar, biz boshlagan shonli ishning davomchilarisiz. Albatta, bunda ularga  kasbiy mahorat sari ilk qadamlarni qo’yishda yordam berayotgan murabbiylarga ko’p narsa bog’liq. Mazkur masalada ham qat'iy ishonch bilan aytishim mumkinki, bizning jamoamizda yuqori malakali, tajribali, o’z sohasining yetuk bilimdoni bo’lgan, o’zimizga munosib izdoshlarni o’qitish, o’rgatish va tayyorlashga qodir bo’lgan mutaxassislar yetarli.

Kasb bayrami bilan muborakbod etar ekanman, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ko’p ming kishilik jamoasiga - kombinat mamlakatimiz rangli metallurgiya sanoatining bayroqdori, degan e'tirofni qozonish yo’lidagi sobitqadamlikdagi mehnatlari, matonatlari uchun chin qalbdan o’z tashakkurimni bildiraman.

Sizga va ahli oilangizga salomatlik, omad va farovonlik, jonajon vatanimiz shon-shavkati yo’lidagi orzu va maqsadlarga erishishda yangi zafarlar yor bo’lsin! O’z oldimizga qo’ygan barcha vazifalar yo’lida iqtisodiy barqarorlik tilayman. Mustaqil O’zbekistonimiz kelgusida ham gullab-yashnasin va yurtimizda tinchlik abadiy hukm sursin!

Aleksandr FARMANOV,

"Olmaliq KMK" AJ Bosh direktori,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech