Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Mustaqillik sharofati ila tugilgan ishonch

on .

Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, hurmatli olmaliqliklar!

O'zbek xalqining zamonaviy tarixida asosiy hodisaga aylangan, mamlakatimiz uchun ulkan voqelik hisoblanadigan buyuk sana yaqinlashmoqda. Mustaqillikning e'lon qilinishi dunyo hamjamiyatida ishonch bilan o'z o'rnini egallagan yangi davlatning yutuqlari va muvaffaqiyatlarining boshlanish nuqtasi sifatida xizmat qildi.

Mustaqil davlatimiz Prezidenti Islom Karimovning rahbarligi ostida va shaxsiy ishtirokida "o'zbek modeli" deb tan olingan mamlakatni yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi va belgilab olindi. U bozor, ishlab chiqarishni texnologik va texnik jihatdan yangilashga bosqichma-bosqich o'tkazilgan iqtisodiyotni mustahkamlashni, ijtimoiy siyosatni, fuqarolarning farovonligini yanada oshirishga asos solgan kichik va o'rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikning ishtirokini kengaytirish kabi asosiy ustuvor vazifalarni oldinga qo'ydi. Eng avvalo, iqtisodiyotda va jamiyatda olib borilayotgan tub islohotlar, hayotimiz va faoliyatimizning  barcha sohalarini o'z ichiga olgan Davlat dasturlari shunga yo'naltirilgan.

Mustaqillikning yigirma besh yilligi - bu, amalga oshirilgan ishlarning  mas'uliyat va odilona sarhisobi uchun jiddiy sabablardan biridir. Mustaqillik yo'li - bu har biri yuqori bahoga sazovor bo'lgan yengishlar va yutuqlar yo'lidir. Shu yillar ichida milliy iqtisodiyotimiz deyarli 6 martaga ortdi. O'zbekistonning don ekinlari, yoqilg'i-energetika va transport-kommunikasion mustaqilligiga erishildi. Iqtisodiyotda sanoatning ulushi 34 foizga, eksport tuzilishidagi tayyor mahsulot esa 70 foizga yetdi.

Bu raqamlar zamirida qishloq xo'jaligini ham, sanoatni ham rivojlantirish bo'yicha Davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan, mustaqillikni yanada mustahkamlashda o'zining munosib hissalarini qo'shib kelayotgan millionlab odamlarning mehnati yotibdi. Bundagi etakchi pozisiyalardan birini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati egallaydi. 2015 yilning o'zidagina kombinat tomonidan 2,5 trln. so'mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, 479,4 mln. dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilning birinchi yarim yilligi mobaynida ushbu raqamlar tegishincha 1,4 trln. so'mdan va 216,8 mln. dollardan ortdi. O'tgan yilda OKMKda 12 mlrd. so'mlik mahsulot, joriy yilning birinchi yarmida esa 6,7 mlrd. so'mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarildi.

Kombinatimizning 25 yil mobaynidagi faoliyatini mamlakatimizda sodir bo'layotgan keng miqyosli o'zgarishlarning yorqin misoli deb hisoblash mumkin. Dastlabki yillarda korxonaning qismatiga tushgan murakkabliklar, dunyo moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vazifalarni to'g'ri belgilashga, maqsadlarni to'g'ri qo'yishga va ularga erishishga o'rgatdi. Va bugungi kunda shuni ishonch bilan aytish mumkin-ki, O'zbekiston Respublikasi hukumati va shaxsan Prezidentimizning qo'llab-quvvatlashi tufayli, OKMK davlatimiz tomonidan belgilangan dasturlarni ishonch bilan amalga oshirib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida "Qalmoqqir" konini rekonstruksiyalash va kengaytirish ishlari amalga oshirildi va bu mis rudasi qazib olish hajmlarini 2001 yildagi 22 million tonnadan 2015 yilga kelib yiliga 32,5 million tonnaga, Sariq-cho'qqi karerida esa ishlab chiqarish quvvatini yiliga 4,0 mln. tonnadan 5,0 mln. tonnaga oshirish imkonini berdi. Yangilangan korxona  - "Qalmoqqir" kon boshqarmasida qazish ishlari 2015 yilda 2008 yilga nisbatan 1,5 baravarga, mis mahsuloti ishlab chiqarish ham 1,5 baravarga, qimmatbaho metallar - 1,3 baravarga oshdi.

Qazib olish hajmlarining oshishi qayta ishlash hajmlarining o'sishiga zamin yaratdi va bu kombinatning boyitish bo'linmalarini modernizasiyalashga yo'naltirildi.

Mis boyitish fabrikasining flotasion parkini to'liq almashtirgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiyalash chog'ida qayta ishlash imkoniyatlari oshdi, maydalash va yanchish bo'linmalarini rekonstruksiyalash bo'yicha 2013-2015 yillarda amalga oshirilgan qiymati 117, 65 mln. AQSh dollari bo'lgan investision loyiha esa nafaqat rudani qayta ishlash hajmlarini 35 mln. tonnagacha (1991 yildagi 25 mln. tonna o'rniga)  yetkazib, 20%ga oshirish, balki flotasiyalash jarayonida metall ajratib olish hajmini ham oshirish imkonini berdi hamda rudani qayta ishlashga sarflangan elektr energiyasining solishtirma me'yorlarini pasaytirilishi ta'minlandi. Bu bilan fabrikani rekonstruksiyalash ishlari tugagani

yo'q: 2020 yilgacha sanoat quvvatlarini yanada kengaytirish dasturi ishlab chiqildi.

Hozirgi vaqtda qiymati 75,2 mln. AQSh dollarini tashkil etayotgan "Qalmoqqir" koni balans orti rudalarini ishlov berishga jalb etish bo'yicha amalga oshirilayotgan investision loyiha qayta ishlash hajmlarini yiliga 4,0 mln. tonnaga oshirish imkonini beradi va OKMK mis boyitish bo'linmasining umumiy qiymati yiliga 40,2 mln. tonnaga yetadi. Bu 2015 yildagiga qaraganda 3,5 mln. t/y. ko'p tashkil etadi. Olib borilgan ishlar mis chiqarilishini va tegishincha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni oshirish imkonini beradi.

Qayta ishlashni oshirish munosabati bilan hajmli dastur mis eritish zavodida amalga oshiriladi. Mustaqillik qo'lga kiritilganidan so'ng 1991 yilda qurilgan, qimmatbaho metallarning yuqori probali ilk quymalari olingan oltin va kumushni affinajlash sexi ham rekonstruksiya qilindi. O'tgan yili ushbu zavodda yiliga 500 ming tonna unumdorlikka ega bo'lgan yangi oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish sexi foydalanishga topshirildi va bu O'zbekistonning mineral o'g'itlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi kimyo sanoati korxonalari pozisiyasini mustahkamlash va eksport yetkazib berishni oshirish imkonini berdi. Bugungi kunda MEZda yiliga 135 ming tonnagacha (16,7 ming tonna) xomaki mis ishlab chiqarish bo'yicha loyihaviy quvvatni (loyiha qiymati - 91,6 mln. AQSh dollari) oshiradigan yangi eritish pechining qurilishi yakunlanmoqda. Bu loyiha amalga oshishi bilan energiya resurslari harajatlari pasayadi, mintaqaning ekologik vaziyati sog'lomlashadi va oltingugurt kislotasi ajratib olish oshiriladi.

OKMK uchun mustaqillik yillari ko'plab sonli qurilishlar va yangi ishlab chiqarishlar bilan bog'liq. 2010 yilda Surxondaryo viloyatida "Xonjiza" kon-boyitish majmuasi qurib bitkazildi. Xuddi o'sha yili o'zimizning xom-ashyodan O'zbekistonning birinchi rux metalli olindi! Korxona besh yil ichida loyihaviy quvvatga chiqdi - yiliga 650 ming tonna qazib olish va qayta ishlashga erishdi. Bugungi kunda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo'yicha rekonstruksiyalash davom etmoqda.

"Angren" EIHda 2013 yilda yiliga 8 ming tonnagacha turli diametrdagi mis quvurlari ishlab chiqaradigan Angren quvur zavodi unitar korxonasi ishga tushirildi. Zavodning 85% mahsuloti eksport qilinadi.

2014 yilda esa davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko'ra Jizzax viloyatida yiliga 350 ming tonna oq sement yoki 760 ming tonna kul rang sement ishlab chiqarilishini ta'minlovchi zamonaviy sement zavodi qurib bitkazildi. 2016 yilda ushbu zavodda kengaytirish ishlari olib borildi va umumiy qurilish portlandsement ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 million tonnaga,  oq sement ishlab chiqarish quvvati esa 450 ming tonnaga yetkazildi.

Valyuta mablag'larining tejamkorligi - korxonaning asosiy vazifalaridan biridir. Uni hal qilish o'z kuch-quvvatlarini va mahalliy xom-ashyoni jalb qilgan holda mahsulotlarning ko'plab turlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirish uchun o'ziga xos turtki bo'ldi.

Mahsulotlarni mahalliylashtirish jarayoni uncha katta bo'lmagan tajribali uchastkalardan boshlanib kombinatning butun ishlab chiqarish jabhalarini qamrab oldi. Yiliga 127 dona kon-shaxta jihozlari ishlab chiqarish quvvatiga ega sex, rux sulfati, shuningdek, markazga yo'naltirilgan va o'qli ventilyatorlar ishlab chiqarish uchastkalari ishga tushdi.

Mustaqillik yillarida OKMKda 50ta mahalliylashtirish loyihasi  amalga oshirilgan  bo'lib, buning natijasida 348,8 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 166,8 mln. AQSh dollari tejab qolindi.

Yoqilg'i-energetika resurslarini tejash ishlariga ham katta e'tibor qaratilmoqda. U eskirgan uskunalarni energiya samaradorligi yuqoriroq bo'lgan yangi uskunalarga almashtirish, modernizasiyalashtirish va qayta qurollantirish,  yangilanayotgan energiya manbalaridan foydalanish va boshqa ko'plab yo'nalishlarni o'z ichiga oladi. 2015 yilda 2008 yildagiga nisbatan mahsulot birligiga issiqlik energiya manbalari(IEM) iste'mol qilish hajmlarining - elektr energiyasi bo'yicha 23%ga, tabiiy gaz bo'yicha 21%ga pasaytirilishi ta'minlandi. Rejalashtirilgan chora-tadbirlarning bajarilishini yanada ta'minlagan holda, ushbu raqamlar tegishincha 27% va 24% tashkil etadi.

Ishlab chiqarishning o'sish sur'atini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish - modernizasiyalash, IEMni tejash, mahalliylashtirish, qazib olish va qayta ishlash hajmlarini oshirish borasida belgilangan dasturlar va chora-tadbirlarning bajarilishi natijasi bo'ldi. Faqat o'tgan yilning o'zidagina ko'rilgan choralar natijasida tannarx 293,3 mlrd. so'mga pasaytirildi va bu 15,1 foizni tashkil etdi.  Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo'yicha rejalashtirilgan sarf-harajatlar 113 mlrd. so'mga, ya'ni 11,5 foizga kamaytirildi.

Biroq, yuqorida qayd etib o'tilganlar - bugungi qilingan ishlar, xolos. Sanoat korxonalari oldida esa yangi vazifalar turibdi. Ona-erimizda mo'l-ko'l bo'lgan mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqurlashtirgan holda qayta ishlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish, shuningdek, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini kengaytirish - ichki zahiralarimiz va imkoniyatlarimizni amalga oshirishdagi muhim yo'nalish bo'lib qolishi kerak. Bugungi kunda kombinat tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni yaratish bo'yicha bir talay dasturlar rejalashtirilgan.

Keng miqyosli ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari ijtimoiy sohaga katta e'tibor qaratilmoqda. Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, ishlab chiqarish faxriylari ham e'tibordan chetda

qoldirilayotganlari yo'q, ularga doimiy ravishda moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatib kelinmoqda. O'z iqtidorlarini "Metallurg" madaniyat saroyida va OKMK qoshidagi sport majmualarida rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'lgan o'sib kelayotgan yosh avlodni bekamu ko'st kamolga yetkazish uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kombinat o'ziga biriktirilgan "Saxovat" va "Muruvvat" mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni ham e'tibordan chetda qoldirmay kelmoqda. Har yili sog'liqni saqlash, xalq ta'limi, obodonlashtirish ob'ektlariga ham yordam ko'rsatish bo'yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. "Olmaliq KMK" AJ bo'linmalari bo'lgan hududlarning barchasida sog'liqni saqlash,  xalq ta'limi ob'ektlarini rekonstruksiyalash ishlari olib borilmoqda, sportmaydonchalari ishga tushirilmoqda, park va xiyobonlar qurilmoqda, yo'llar asfaltlanmoqda.

O'tgan 25 yilga nazar tashlar ekanmiz, yillar o'tgan sayin iqtisodiyotni va ijtimoiy sohaning asosiy yo'nalishlarini rivojlantirishni, qabul qilinayotgan davlat dasturlarining dolzarbligini, qabul qilinayotgan qarorlarning to'g'riligini hayot tasdiqlab kelmoqda. Bu mustaqillik yutuqlari yanada kengayishi va mustahkamlanishiga erishish uchun o'zlarining bor kuchlarini ayamay mehnat qilib kelayotgan kombinat mehnatkashlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda. Bizda, o'zimizning fuqarolik pozisiyamizni namoyon qilgan holda eng murakkab qiyinchiliklarni yengish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. "Olmaliq KMK" AJ mehnat jamoasi o'z mehnatini Vataniga bag'ishlaydi.

Hurmatli kombinat mehnatkashlari, olmaliqliklar!

Biz g'ururlansak arziydi. Vatanimiz mustaqilligining mustahkam poydevori - bu mustaqillik kunini ochiq ko'ngil va ko'tarinki kayfiyatda kutib olayotgan, o'zining fidokorona mehnatini buyuk va eng aziz bayramimizga bag'ishlagan kombinat mehnatkashlarining yutuqlaridir.Qadrdon davlatimiz hayotidagi asosiy voqelik - O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganligining 25 yilligi bilan barchangizni samimiy tabriklayman! Sizlarga sog'lik, baxt, suyukli Vatanimizning farovonligi yo'lidagi bunyodkorlik ishingizda yangi zafarlar va marralar tilab qolaman!

 

Aleksandr FARMANOV,

"Olmaliq KMK" AJ bosh direktori,

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech