http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Mamlakatimizdagi isloрotlarning faol ishtirokchilari bo’laylik

on .

Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, hurmatli mehnat faxriylari, olmaliqliklar!

Davlatimiz - Mustaqil O’zbekistonimiz solnomasi o’tib borayotgan 2016 yilda yurtimizda sodir bo’layotgan muhim va ahamiyatli voqeliklar bilan yana bir sahifaga to’ldi. Yil yakunlariga xotima yasar ekanmiz, uni keng ko’lamda baholash darkor.

Respublikamizda ta'minlanayotgan iqtisodiyotning barqaror o’sishi, sanoatning, qishloq xo’jaligining, xususiy va kichik biznesning rivojlanishi, davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilayotganligi, aholi farovonligining og’ishmay o’sib borishi bundan 25 yil muqaddam mamlakatimiz hukumati tomonidan belgilangan siyosatning naqadar to’g’ri ekanligini yana bir bor isbot etdi. Mustaqil davlatimizning chorak asrlik yubileyi o’zining natijalari va yutuqlari, ko’p millatli o’lkamizning aholisi ichida sezilayotgan ko’tarinkilik ruhi bo’yicha mislsiz bo’ldi. Ammo afsuski, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning hayotdan bevaqt ko’z yumganligi sababli og’ir qayg’uda qoldik.

Keyingi voqeliklar esa butun o’zbek xalqining jipsligi va birdamligini hamda mamlakatimiz yangi Prezidentining sayloviga tayyorgarlik ko’rish, uni o’tkazishda o’zining faol fuqarolik pozisiyasini namoyon etdi. Saylovchilarning 86 foizdan ziyodi o’lkamizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasini belgilab berishni Shavkat Miromonovich Mirziyoevga ishonib, unga ovoz berdilar.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining o’tgan 12 oy davomidagi faoliyatini baholar ekanmiz, uning faoliyatiga bir necha yildan buyon o’z ta'sirini ko’rsatib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ham aytib o’tish o’rinli. Biroq shu o’tgan davr ichida biz unga qarshi turishni o’rgandik.

Joriy yilda o’zimizning mahalliy xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish sezilarli darajada oshirildi. Jizzax sement zavodidagi rekonstruksiya ishlari yakunlangandan so’ng, uning sement ishlab chiqarish bo’yicha umumiy qurilish ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mln. tonnagacha oshirildi. Mazkur yilda o’zining eksport hajmlarini oshirgan Angren quvur zavodining faoliyati sezilarli darajada yaxshilandi. O’sish sur'atini 104 foizga ta'minlab, istiqbol ko’rsatkichlarimizni deyarli oshirib bajarishga erishdik.

Joriy yilda Investision dasturni amalga oshirishni davom ettirdik, uning doirasida Qalmoqqir konining balansorti rudalariga ishlov berish, Mis eritish zavodida mis simlarini ishlab chiqarish hamda yangi eritish pechini qurish kabi yana boshqa ko’plab loyihalar amalga oshirildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha yo’nalishlarini o’z ichiga olgan ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish faol olib borildi. Kelgusidagi bunyodkorlik ishlari uchun sezilarli darajadagi yarim mahsulotlar zahirasi tayyorlab qo’yildi. 

Masalan, elektr uzatish tarmog’i qurilmoqda, Sherobod sement zavodining qurilishi va rux oksidi (ruxli belila) ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Oldimizda yuqori qo’shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasi va hajmini kengaytirishga yo’naltirilgan ustuvor yangi vazifalar turibdi.    Mahsulot tannarxini tushirish ishlari dolzarbligicha qolmoqda, shuningdek, yoqilg’i-energetika resurslarini tejashga katta e'tibor qaratilmoqda. Bir yil ichida rejalashtirilayotgan harajatlarning 12 foizdan ortiq miqdorida yoqilg’i-energetika manbalari qisqartirildi. Harajatlarni qisqartirishda Mahalliylashtirish dasturi muhim ahamiyat kasb etib, bu dastur doirasida har yili yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o’zlashtirilmoqda. Bularning hammasida mutaxassislar ham, rasionalizatorlar ham o’zlarining sezilarli ulushlarini qo’shib kelmoqda. Ularning tashabbuslari bilan texnologik jarayonlarda o’zgarishlar, tuzatishlar amalga oshirilib, ta'mirlarning yangi turlari ishlab chiqilmoqda. Muqaddam bu ishlarni amalga oshirishga boshqa bir tashkilotlar jalb qilingan edi.

O’tib borayotgan yilda "Olmaliq KMK" AJ tarkibida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Yangi bo’linma oldiga hajmli va murakkab vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning hal bo’lishi ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasini sezilarli darajada kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun kadrlar tayyorlash masalasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bilan uzviy hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Bu yil salkam 1500 nafar ishchi va mutaxassislar kombinatning a'zosi sifatida mehnat faoliyatini boshladilar. Belgilangan tartibga ko’ra, ularning har biriga o’z kasbini o’zlashtirish, kelgusida mustaqil ishlashlari uchun yordam beradigan tajribali ustozlar biriktirilgan.

Kombinatimiz bugungi kunda o’ziga xos qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganiga qaramay,   mehnatkashlar, ishlab chiqarish faxriylari, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga yo’naltirilgan Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan barcha imtiyozlarni saqlab kelmoqdamiz. "Olmaliq KMK" AJga biriktirilgan ijtimoiy muassasalar bilan birgalikda Olmaliq shahrini, shuningdek, tarkibiy bo’linmalarimiz joylashgan barcha aholi punktlarini obodonlashtirish bo’yicha ham katta xayriya ishlarini  olib borayapmiz.

2016 yil ham o’z poyoniga yetmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi esa keyingi avlodlar uchun imkoniyatlar yaratib, yurtimiz salohiyatini mustahkamlashga, fuqarolarimiz farovonligini oshirishga intilib, hozirning o’zidayoq keyingi yil bilan yashamoqda va korxonani oldinga, ya'ni uzoq yillar davomida yanada rivojlantirish rejalari ustida ishlamoqda. Bu OKMK mehnat jamoasining bosh pozisiyasi va bu shunday bo’lib qoladi. Men o’z mehnati bilan belgilangan istiqbol rejalarini amalga oshirayotgan hamda belgilangan marralarga erishayotganlarning barchasiga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev kirib kelayotgan yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qildi. Shu qadar keng ko’lamli va muhim yo’nalish, ya'ni bir necha yuz minglab insonlar - OKMK mehnatkashlari va ular oila-a'zolarining manfaatlarini ta'minlashdek o’ta muhim mas'uliyat bizga yuklanmoqda. Shunday ekan, ishlab chiqilayotgan dasturimizda oldinga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan ko’proq jihatlarni qamrab olishga harakat qilamiz.

Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman! Sizlarga tinch va musaffo osmon, omad, salomatlik, orzularingizning ushalishini, baxt, sevimli Vatanimiz farovonligi yo’lidagi fidokorona mehnatingizda quvonch va belgilangan rejalarni amalga oshirishda faollik tilab qolaman!

Yangi kashfiyotlar, yutuqlar va muvaffaqiyatlar barchangizga hamroh bo’lsin!

Yangi yilingiz bilan!

Aleksandr FARMANOV,

"Olmaliq KMK" AJ Bosh direktori,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech