http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Muvaffaqiyat, baxt, quvonch, muhabbat!

on .

Qadrli hamkasabalar, aziz ayollar!

Sizlarni bahorning eng go’zal ayyomi bo’lmish 8 mart bilan samimiy muborakbod etaman!

Bu go’zal bayram aynan bahorning boshida, tabiatning ilk uyg’onishida kirib keladi. Bu ayyom sovg’alar va gullarga burkangan holda onalarimiz, qizlarimiz, ishdagi hamkasabalarimiz - barcha xotin-qizlarga bo’lgan eng sof va go’zal tuyg’ularimiz ila to’lib toshgan.

 Ayol zoti - bu muhabbat va go’zallik bilan oshno bo’lgan betakror hilqat. Azal-azaldan bizning qadriyatlarimizda Ayol oilaviy baxt va totuvlik, rizqimiz butligini saqlovchi ustundir. Sizlar bu dunyoga ezgulik va chiroy, yorug’lik va ishonchni olib kelasiz. Biz erkaklar to’qnash keladigan barcha vazifalar sizning dono mulohazangiz ila mazmun-ma’noga chulg’anadi, oldinga intilishimiz va yangiliklar yaratishimizda kuch-g’ayrat baxsh etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi mamlakatimiz rahbariyati xotin-qizlar muammolariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ularning salomatliklarini saqlash, salohiyatlarini rivojlan-tirish, o’z imkoniyatlarini amaliyotga tatbiq etish uchun shart-sharoit yaratib bermoqda. Keyingi vaqtlarda qonunchilikdagi yangi tashabbuslar negizida ishlayotgan xotin-qizlarga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yayotgan hamda bola tarbiyasi bilan band bo’lgan ayollar uchun har tomonlama qulayliklar yaratilmoqda. Xotin-qizlarning maishiy va mehnat sharoitlari yanada yaxshilanayapti. Bu yo’nalishda bizning kombinatimizda ham katta ishlar olib borilmoqda.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ko’p ming sonli jamoasi 2016 yilni muvaffaqiyat bilan yakunlab, barcha belgilangan ko’rsatkichlarni ortig’i bilan bajarishga erishdi. Hozirda mavjud quvvatlarni oshirish, yangi ishlab chiqarish ob’ektlari va zavodlarni qurish borasidagi vazifalar hal etilmoqda.

Shu o’rinda men siz aziz ayollarga cheksiz minnatdorchiligimni bildirishni o’zimning burchim deb bilaman. Chunki jamoamizning bunyodkorlik salohiyatiga qo’shayotgan hissangiz beqiyos. Sizning cheksiz kuch-quvvatingiz, bilim va tajribangiz, har kungi betinim mehnatingiz, mahorat hamda yuksak mas’uliyatingiz qo’lga kiritayotgan yutuqlarimizning garovini belgilab berdi.

Sizlar kasbingiz, ijodingiz va kombinatimizning jamoaviy faoliyatida yuksak cho’qqilarni zabt etishga, oilada quvonchli va qulay muhitni yaratishga, bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanishga - barcha-barchasiga qodirsiz.

Bizlarga hayot baxshida etuvchi, qo’llab-quvvatlashi va g’amxo’rligi bilan mehr beruvchi, kelajak avlod tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi, ona-Vatanimizning ming yillik shonli an’analarini davom ettiruvchi Siz aziz opa-singillarga chuqur ta’zim, cheksiz hurmat bilan ko’p yillar sog’-salomat va mehr-muhabbat bilan yashashingizni tilab qolaman!

Qadrli onajonlarimiz va rafiqalarimiz, qizlarimiz va opa-singillarimiz, kombinat xotin-qizlari va faxriy onaxonlar, olmaliqlik muhtarama ayollar!

Ushbu betakror kun - Xotin-qizlar ayyomida Sizlarga bitmas-tuganmas baxt, bahoriy kayfiyat, mustahkam sog’lik, xayrli o’zgarishlar, o’zingiz, farzandlaringiz, oila a’zolaringiz va barcha yaqinlaringizga omad-u muvaffaqiyatlar hamroh bo’lsin!

Aleksandr FARMANOV,

“Olmaliq KMK” AJ Bosh direktori,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech