Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Asosiysi - hamisha olg’a intilish

on .

Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mehnatkashlari, hurmatli olmaliqliklar!

Mana bugun biz yosh suveren davlat hisoblangan, hayoti minglab tarixiy ildizlarga borib taqaladigan, xalqi o’z ajdodlari izidan borayotgan, an'analari va urf-odatlarini ulug’layotgan, halol mehnat qilib, qo’ni-qo’shnisiga iliq munosabatda bo’layotgan, mehmondo’stligi, mehnatsevarligi hayotining bosh mezoniga aylangan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligini nishonlamoqdamiz.

Oldimizda cheksiz imkoniyatlar eshigi ochilgan. Salkam chorak asr ichida biz dunyo hamjamiyatida industrial jihatdan rivojlangan, iqtisodiyoti doimiy o’sib borayotgan va yuqori salohiyatli davlat sifatida tan olindik. Tarixiy qisqa vaqt davomida mamlakatimizning iqtisodiyoti 5,5 baravarga ortdi, haqiqiy daromadlar esa aholi jon boshiga deyarli 9 baravarga oshdi. Buning barchasida bizning - O’zbekiston rangli metallurgiya bayroqdori mehnat jamoasining ham oz bo’lsada ulushi bor!

Biz o’z mamlakatimiz bilan, uning yutuqlari va doimiy oldinga intilishlari bilan, erishilganlarini yanada mustahkamlanayotgani bilan, hayotimizning hoh siyosiy, hoh iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy va yoshlar siyosatini amalga oshirish sohasida bo’lsin, barcha jabhalarda yangi chegaralarni zabt etayotganligimiz bilan faxrlanamiz. Mustaqillik yillarida biz o’z oldimizga maqsadlar qo’yish va ularga erishishni o’rgandik, kelajak yo’lida ishlashni boshladik. Bugungi kunimiz biz tanlagan yo’lning to’g’riligini yana bir bor isbotlab berdi va bu kombinatimiz faoliyatida aniq kuzatilmoqda. So’nggi o’n yillarning har bir yili Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun sermazmun bo’lmoqda. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik va texnologik qayta qurollantirish dasturlarining amalga oshirilishi doimo oldinga qarab harakatlanishimizga: yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirishga, rudalarni qazish, uni qayta ishlash va mis mahsulotlarini olish sur'atlarini oshirishga yordam bermoqda. Har yili yangi ob'ektlarni topshirish odatiy an'anaga aylandi. Bu an'analarning ko’pchiligi Investision dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar barcha ishlab chiqarish sektorini: ishlab chiqarishni kengaytirish, quvvatini oshirish, yoqilg’i-energetika resurslari va pul mablag’larini tejashni o’z ichiga oldi. Pirovardida bu sa'yi-harakatlar mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etib kelayotgan bir paytda, bu masala o’ta muhim hisoblanadi. Shuning uchun yoqilg’i-energetika resurslarini tejashga alohida e'tibor qaratilmoqda va bunda ularni iste'mol qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo’yicha muntazam ravishda bajarilayotgan ishlar ko’mak berayapti. Ushbu yo’nalishdagi birgina loyiha haqida to’xtaladigan bo’lsam - bugungi kunda OKMK tarkibiy bo’linmalarida yarim yil ichida 644 ming kVt./soat tejash imkonini bergan 500dan ortiq geliokollektorlar o’rnatildi.

Joriy yilda kombinat bir vaqtda bir necha investision loyialarni amalga oshirishni boshladi. Ularning ichida ishga tushirilishi natijasida ishlab chiqarish quvvati oshish, tabiiy gazni tejash va mintaqada ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek Qalmoqqir konining balansorti chiqindi rudalariga ishlov berish imkoniyatini beradigan mis eritish pechining qurilishidir. Buning natijasida qo’shimcha ravishda yiliga 4 ming tonnagacha rudani qayta ishlash hajmi ortadi va bu yangi ish o’rinlarining yaratilishiga hamda kombinat quvvatining oshishiga olib keladi. Shuningdek, joriy yilda amaldagi Qizil olma koni negizidagi "Samarchug’" uchastkasida kombinat tomonidan yer osti konining qurilishi boshlab yuborildi. O’tgan yili tugallangan loyihalar esa foyda olib kelishni boshlaydi. Bu Mis eritish zavodidagi Oltingugurt sexi va havo taqsimlash bloki, kon-shaxta ishlari uchun jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish, Jizzax viloyatidagi Sement zavodi shular jumlasidandir.

Ishlab chiqarish ob'ektlaridan tashqari ijtimoiy ob'ektlar ham e'tibordan chetda qolgani yo’q. Bu yilgi Xotira va qadrlash kunini biz Olmaliq va Piskentda qayta restavrasiyadan chiqarilgan Xotira memoriallarining ochilishi bilan nishonladik. Mustaqillik kuniga, bizning ruda konimiz joylashgan Namangan viloyatining Chodak shaharchasida, kombinatning kuchi bilan qurilgan bog’ foydalanishga topshirildi, shuningdek, shahar maktablariga otaliq yordami ko’rsatilib kelinmoqda. Shahar ko’chalarini asfaltlash bo’yicha ulkan va qimmat narxdagi ishlar davom ettirilmoqda. Madaniy-maishiy va ijtimoiy yo’nalishdagi ob'ektlar bilan bog’liq bo’lgan holatlarda ham amaliy yordam ko’rsatilmoqda. Kombinat o’z otaliq muassasalarining ko’plab masalalarini hal qilishda ishonchli hamkor bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. "Keksalarni e'zozlash yili"da e'tibor kuchaytirilgan urush qatnashchilari va mehnat faxriylariga, yolg’iz pensionerlarga yordam berish ishlari bardavomdir. Kombinat yoshlari, sobiq hamkasblar faxriylarni o’z vasiyligiga olganlar, Kasaba uyushmalari kengashi ular uchun sayohatlar tashkil etmoqda, pensionerlarimiz an'anaviy ravishda kombinatning dam olish mas-kanlarida bo’lib qaytmoqda. Keksalar uchun kombinatning sanatoriy-profilaktoriysi maxsus tarzda jihozlanib, u erda nafaqat kombinat ishlab chiqarish faxriylari, balki boshqa viloyatlardan kelgan nuroniylar ham o’z salomatliklarini tiklamoqda.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Davlat dasturlarini amalga oshirishda mamlakatimiz hayotining faol ishtirokchisi, ko’plab ijtimoiy muammolarni hal qilishda haqiqiy kuch bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. Biroq bularning barchasiga respublikamizning aniq maqsadga yo’naltirilgan, uzoqni ko’ra oladigan iqtisodiy siyosatini yanada rivojlantirish tufayligina erishish mumkin. Buning barchasi uchun ulkan mehnat jamoamiz nomidan Vatanimizning barqarorligi, tinchligi, farovonligining oshishi va yanada gullab-yashnashiga kafolat bo’lgan davlatimiz rahbari Islom Abdug’anievich Karimovga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman!

Hurmatli do’stlar!

Sizlarni mamlakatimizning buyuk ayyomi - Mustaqillik kuni bilan muborakbod etar ekanman, barchangizga osuda osmon, hamjihatlik, farovonlik, sog’lik, farzandlarimizning ijodiy parvozlari keng qanot yozishini, barcha rejalaringizning amalga oshishini, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda jonajon o’lkamizga sodiqligingiz va muhabbatingiz so’nmasligini tilab qolaman!

Aleksandr FARMANOV,

"Olmaliq KMK" AJ bosh direktori,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech