http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Faxrlanamiz, yod etamiz va ulug’laymiz

on .

Qadrli Ikkinchi jahon urushi faxriylari va mehnat fronti ishtirokchilari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat faxriylari va xodimlari, olmaliqliklar!

Butun o’zbek xalqi nishonlayotgan buyuk bayram – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan samimiy tilaklarimizni qabul qiling!

Har bir inson hayotidagi eng oliy qadriyat, bu - ijod qilish va bunyodkorlik, farzandlarni tarbiyalash va ularning kelajagini yaratish, o’z oilasining, jamiyatning, Vatanining farovonligini oshirishni ta’minlash, mana shunday zamindagina tinchlik va xotirjamlik bo’lgan, bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Bobolarimiz, otalarimiz va onaxonlarimizning qonli Ikkinchi jahon urushidagi fidoyiligi, jasurligi, dovyurakligi, o’z jonini fido qilishi kabi fazilatlari bilan keyingi yuz yillik ichida va qator yillar davomida hayotini o’z xalqiga xizmat qilishga, qadrli Vatanini har tomonlama rivojlantirishga, uning gullab-yashnashiga bag’ishlaganligi uchun ham, bugun biz barchamiz shunday dorilomon kunlardamiz.

Ajdodlarimiz, qolaversa bugun keksalik gashtini surayotgan faxriy nuroniylarimizning mardonavor irodasi va qahramonliklari haqidagi xotiralarni qadrlash - asrlar osha “Tinchlik va farovonlik uchun” degan eng ezgu tamoyil bilan yashab kelayotgan olijanob va oliyhimmat xalqimizga xos bo’lgan qadriyat hisoblanadi. Bugun biz, o’z milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiqlikni saqlagan holda, o’zaro hurmat, insoniylik va hayrihoxlik, bag’rikenglik va teng huquqlilik, doim oldinga intilish ruhiyati va muhiti hukmronlik qilayotgan mamlakatda yashayotganligimizdan cheksiz faxrlanamiz.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o’zining har kunlik mehnati bilan o’lkamiz mustaqilligini va iqtisodiyotini mustahkamlashga, fuqarolar farovonligini ta’minlashga o’zining munosib hissasini qo’shib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning “Dalnee” koni negizida “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasidagi Qarori kombinat mehnatkashlarining ijodkorlik kuch-quvvatini yanada oshirishga ichki turtki bo’ldi. Davlatimiz rahbarining ko’rsatmalari va topshiriqlari - bizning farzandlarimizga, nabiralarimizga va evaralarimizga ishonchli kelajakni ta’minlagan holda, barchamizni yangi marralarga, ularga erishishga va yengishga, bor kuchlarimizni mamlakatimiz farovonligi, quvvati, shuhratini yanada mustahkamlashga, ajdodlarimiz erishgan yutuqlarni saqlash va ularni ko’paytirishga ruhlantirmoqda.

Barcha o’tganlarni hamda bugun biz bilan bir safda turib mehnat qilayotganlarni ham unutmaymiz, ular bilan faxrlanamiz, ularning ishlarini yodda tutamiz. Sizlar doimo biz uchun fidokorlik, safarbarlik va vatanparvarlik namunasi bo’lib qolasizlar. Biz sizlardan sabr-toqatni, ma’naviy fidokorlik va ona-zaminga muhabbat kabi xislatlarni olmoqdamiz. Shu o’rinda biz ham vaqtlararo aloqani ezgu ishlarimiz va ijodkorona mehnatimiz bilan mustahkamlab, barcha o’tganlar haqidagi xotira muqaddas bo’lib qolishi uchun qo’limizdan kelganicha harakat qilamiz.

Bugun barchangizni chin dildan o’z g’amxo’rligimiz, e’tiborimiz, mehrimiz bilan qurshab olishni, barchangizga inson keksayganida ehtiyoj sezadigan, muhabbat bilan yo’g’rilgan eng iliq so’zlar aytishni istaymiz. Vaqt shiddat bilan odimlamoqda. Ammo afsuski, yildan yilga Sizning safingiz kamayib borayapti. Lekin butun xalqning xotirasi doimo sizlar bilan birga bo’lishiga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib, hurmatli faxriylarimizni, kombinat mehnatkashlarini va barcha olmaliqliklarni ushbu ajoyib bayram bilan chin dildan tabriklayman! Barchangizga sog’lik, baxt, farovonlik va oilalaringizga to’kin-sochinchilik tilayman! Ertangi kunimiz nurafshon, osmonimiz musaffo bo’lsin, bizning saxovatli va faraxbaxsh zaminimizda tinchlik, xotirjamlik mangu saqlanib qolsin!

Bayramingiz bilan, qadrli faxriylar!

Bayramingiz bilan, qadrli do’stlar!

Aleksandr FARMANOV,

“Olmaliq KMK” AJ Bosh direktori,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech