Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

O`zbekiston kubogi sohibi

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va shahrimiz tarixida ko’pgina sport g’alabalari qayd etilgan bo’lib, Olmaliqda qator sport turlari rivojlandi va ajoyib sportchilar yetishib chiqdi.

Bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvchi «SFI Management Group» IP MCHJ kompaniyasi, OKMK rahbariyati shuni ta’kidlaydiki, kombinat va shahrimizning haqiqiy sportini yanada yuksaltirish zarur.

2018 yil 28 oktyabr kuni futbolchilarimiz yorqin g’alabaga erishdi, pirovardida “AGMK” PFK O’zbekiston kubogi sohibiga aylangan holda bu yo’nalishda birinchi qaldirg’och bo’la oldi.

Hurmatli do’stlar!

Ko’pming sonli “Olmaliq KMK” AJ jamoasi hamda ishonchli boshqaruvchi «SFI Management Group» IP MCHJ kompaniyasi va shaxsan o’z nomimdan “AGMK” PFKni yuksak g’alaba va O’zbekiston kubogini qo’lga kiritganligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Futbolchilar, murabbiylar klub tarixida nafaqat eng yuqori yutuqni qo’lga kiritishga, balki muxlislar ham munosib baholagan yorqin, ajoyib o’yin ko’rsatishga erishdilar.

Ushbu g’alaba mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan olib borilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik islohotlarining, xususan, davlat-xususiy hamkorligi strategiyasini amalga oshirish va «SFI Management Group» IP MCHJning har tomonlama qo’llab-quvvatlashi natijasidir.

Bu muvaffaqiyat murabbiylarning maqsadga intiluvchan, tizimli ishlashining mantiqiy davomi hamda barcha futbolchilarning fidoyiligi va mahoratining yorqin namunasi bo’ldi.

Bizning jamoamiz final tomon olib borgan barcha o’yinlarda va  final uchrashuvida o’zining eng yaxshi xislatlarini, jamoaviy jipslik, shijoat va irodasi, hujumkorlikni bilish va mustahkam himoyada harakatlanish qobiliyatini namoyon etdi.

Futbolchilarimizning bugungi g’alabasi kombinatning barcha mehnatkashlari  va olmaliqliklar uchun katta sovg’a, yosh sportchilar uchun esa yorqin yutuqlar sari olg’a intilishlariga ibrat bo’ldi.

Endilikda klubimiz o’yinchilarini yangi mavsumda, shuningdek Osiyo chempionlar Ligasida sodiq muxlislari, OKMKning barcha mehnat jamoasi qizg’in qo’llab-quvvatlay oladi.

Yana bir bora Sizlarni qo’lga kiritilgan ulkan zafar bilan qutlayman! Sizlarga omad, sog’lik, yuksak shijoat, yangidan yangi sport g’alabalarini tilab qolaman!      

A.Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ Boshqaruvi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech